«Hududgaz Andijon» gaz ta'minoti filiali ma'lum qilişiça, texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan boğliq işlar bajarilişi munosabati bilan viloyatga keluvçi tabiiy gaz bosimida pasayiş kuzatilmoqda.

Taqsimotga köra, tabiiy gaz birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz ta'minlaşga qaratilgan. Şundan kelib çiqib, viloyatdagi avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalariga tabiiy gaz yetkazib beriş joriy yilning 27 oktyabridan boşlab har kuni ertalab soat 06:00dan keç soat 16:00ga qadar belgilandi. 

Viloyatdagi barça haydovçilardan öz avtomobillariga gaz töldirişda har kunlik belgilangan 06:00 – 16:00 vaqt oraliğida gaz töldirişni texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oşiriş söralmoqda.

Şuningdek, viloyatdagi mavjud 81ta gaz töldiriş şoxobçalari avtomobillarga mazkur vaqt oraliğida yoqilği yetkazib beriş quvvatiga ega ekanligi eslatib ötilgan.

Gaz-zapravkalarga çeklangan vaqt davomida gaz yetkazib beriş tartibi qaçongaça davom etişi noma'lum