Bahrayn – aholisi eng ziç joylaşgan mamlakatlar röyxatida yuqori beştalikka kiradi. Şunday bölsa-da, hukumat ijtimoiy uy-joy dasturlarini nisbatan samarali yölga qöya olgan. «Islom moliyasi» saytida uşbu arab davlati fuqarolarining uy-joyga bölgan talabini qanday qondirayotganiga doir maqola e'lon qilindi.
Aholi sonining köpayişi bilan uy-joyga bölgan talab ham şunga mos ravişda oşib boradi. Tabiiyki, turar joylarga bölgan talab va taklif örtasida muvozanat buzilişi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga sabab bölişi mumkin. Mazkur omilni hisobga olgan holda, Bahrayn hukumati öz aholisi uçun, ayniqsa, daromad darajasi örtaça bölgan aholi vakillari uçun xonadonlar qurişni moliyalaştiriş dasturlarini işlab çiqqan bölib, yil sayin ularni takomillaştirib kelmoqda.
Ma'lumot uçun: Bahrayn Qirolligi – Fors körfazida joylaşgan arab davlatlaridan biri bölib, hududi 780 kv. km ni taşkil etadi (soliştiriş uçun, Toşkent şahri hududi 334,8 kv. km). Aholi soni esa 2018 yilgi hisob-kitoblarga köra, 1 mln 570 mingga yaqin. Hukumat örta böğimni qöllab-quvvatlaşining sabablaridan biri bu – Bahraynda xonadonlar ijara tölovlari boşqa arab mamlakatlariga qaraganda ança yuqoriligi. Turar joylarning örtaça ijara haqi oyiga 780–1179 Bahrayn dinori (2069–3127 AQŞ dollari)ni taşkil etadi (Soliştiriş uçun: uşbu körsatkiç Bahraynning qöşnisi – Saudiya Arabistonida 480–1620 Saudiya riyoli (127–431 AQŞ dollari)ga teng).
Bahrayn öz aholisi uçun ijtimoiy uy-joy quriş dasturlari (social house financing program)ni samarali tatbiq etib kelayotgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. 1970 yillarda Uy-joy quriliş vazirligi taşkil etilgan bölib, hozirgi kungaça 130 mingdan ortiq turar joy binolari hukumat taşabbusi ostida öz egalariga topşirilgan.

Ta'kidlaş örinliki, uy-joy qurilişi dasturidan foydalanuvçilar Bahrayn fuqarolari bölişlari lozim. Hisob-kitoblar şuni körsatadiki, 65 foiz fuqaro uşbu dasturdan foydalangan, ular asosan uy-joy quriş va yangi uy sotib olişni moliyalaştiriş maqsadida qarzlar yoki ijara tölovlari uçun subsidiya (yordam puli/moliyaviy imtiyoz) olgan.
Uy-joy xizmatlarini körsatiş natijasida yangi iş örinlari yaratildi. Xususan, quriliş va u bilan boğliq sohalar, moliya, köçmas mulk tarmoqlari ijtimoiy va nisbatan arzon uy-joy tarmoğiga investitsiyalarni kuçli rağbatlantiriş natijasida tez sur'atlarda rivojlandi. Tadqiqotlarga köra, uşbu tarmoqqa kiritilgan sarmoyaning har bir Bahrayn dinori iqtisodiyotga kamida 1,72 baravar köp foyda keltirdi (Multiplier Effect) va uy-joy tarmoğiga yönaltirilgan investitsiyalarni iqtisodiy ösişning muhim omiliga aylantirdi.
Bahraynda uzoq muddatli uy-joyni moliyalaştiriş loyihasining muvaffaqiyati quyidagi omillarga asoslanadi:
- Bahraynda ijtimoiy farovonlik va milliy taraqqiyotni oşiriş davlat siyosatining asosiy tamoyilidir;
- Bahrayn hukumati barqaror rivojlaniş uçun yetarliça uy-joy qurilişining muhimligini tuşunadi va aholini uy-joyga bölgan talabini qondirişni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligining muhim tarkibiy qismi deb qaraydi;
- Bu masala mamlakat konstitutsiyasining 9-moddasida ham öz tasdiğini topgan: «Davlat daromadi çeklangan fuqarolarni uy-joy bilan ta'minlaşga intiladi»;
- The Economic Vision 2030 loyihasi (Bahraynning 2030 yildagi iqtisodiyoti) aholi uçun uy-joylar quriş butun iqtisodiyot rivojiga turtki berişini inobatga oladi (ya'ni uşbu tarmoqni katalizator sifatida köradi). Albatta, bu aholi uçun uy-joylar qurişning quriliş sohasida katta uluşga egaligi, aholini iş bilan ta'minlaşdagi ahamiyati, milliy va xalqaro developerlar uçun biznes imkoniyatlar taqdim etişi bilan boğliq;
- Hukumatning 2019-2022 yillar uçun Harakatlar rejasida uy-joyga bölgan talabni qondiriş maqsadida yana 25 000 xonadonni öz egalariga topşiriş belgilangan.
Qayd etiş örinliki, Bahraynning şaharsozlik va uy-joy quriş dasturlari bilan boğliq yutuqlari xalqaro miqyosda ham tan olingan. Masalan, 2006 yilda BMTning uy-joy qurilişini rivojlantiriş böyiça UN-Habitat mukofoti Bahrayn şahzodasi Xalifa bin Salmon Al-Xalifaga berilgan. Bahrayn hukumati 1960 yillardan buyon turar joy majmualarini barpo etib keladi.

Alohida uqtiriş joizki, Bahrayn hukumati öz aholisini turar joy bilan ta'minlaşga harakat qilar ekan, daromad miqdori çeklangan aholini ham nazardan çetda qoldirmagan. Bu toifa fuqarolar uçun maxsus «Mazaya» dasturi işlab çiqilgan.
«Mazaya» qanday dastur?
«Mazaya» – bu Bahrayn Uy-joy qurilişi vazirligi va Kuwait Finance House (Kuvayt davlatidagi eng yirik Islom moliya muassasalaridan biri)ning Bahrayndagi filiali hamkorligi doirasida, şuningdek Bahrayn Milliy banki va Eskan bank örtasidagi şartnomaga muvofiq tuzilgan uy-joylarni moliyalaştiriş tizimidir. Unga binoan, Bahrayn hukumati ma'lum toifadagi fuqarolarga uy-joy xarid qilişlari uçun moliyaviy kömak/imtiyoz berişni ta'minlaydi.
2013 yilda boşlangan ijtimoiy uy-joy bilan ta'minlaş dasturining (keyinçalik «Mazaya» deb nomlangan) asosiy maqsadi – ijtimoiy uy-joylarni xarid qilişga ariza topşirgan kişilarga moliya muassasalari tomonidan mablağ olişda yordam beriş, şuningdek uy-joy sotib oliş uçun davlat tomonidan moliyaviy kömak ajratiş hisoblanadi.
Dasturdan kimlar foydalana oladi?
«Mazaya» dasturidan foydalaniş huquqiga ega böliş uçun mijozlar Bahrayn fuqarosi bölişi, yoşi 21 dan 35 gaça bölişi, oylik daromadi 600–1200 Bahrayn dinori oraliğida bölişi kerak (Bahraynda örtaça iş haqi 1480 Bahrayn dinoriga teng). Mazkur yoş oraliğida bölgan aholi vakillari uçun 25 yilgaça bölgan muddatda uy xarid qiliş imkoni beriladi.
Yangi kiritilgan özgarişlarga köra, yoş çegarasi 50 yoşgaça kötarildi, faqat bu yoşdagi insonlarda 60 yoşgaça bölgan davr tölov muddati sifatida qaraladi. Ya'ni 40 yoşli fuqaro bu dasturdan maksimal 20 yil (60-40=20) yoki 47 yoşli fuqaro maksimal 13 yil (60-47=13) foydalanişi mumkin.
Uçinçidan, dastur foydalanuvchici, har qanday holatda, Bahrayn Qirolligida doimiy ravişda yaşaydigan fuqaro bölişi kerak.
Dasturning afzalliklari nimada?
Dastur özining barça foydalanuvçilari uçun maxsus afzalliklar taqdim etadi:
- Dastur uçun röyxatga yozilgaç, uzoq muddat kutiş şart emas, ariza topşirilgan zahoti, belgilangan talablarga javob berilsa, yangi uy oliş huquqiga ega böladi.
- Unga vazirlik tomonidan tasdiqlangan har qanday uy-joy majmuasidan xonadon yoki hovli sotib olişga ruxsat beriladi.
- Mazaya dasturida iştirok etayogan banklardan islom moliyasi şartlariga muvofiq köçmas mulkni moliyalaştiriş mablağlarini olişga ruxsat beriladi.
- Dasturdan foydalanuvçilar har oy öz daromadining atigi 25 foizini banklarga ipoteka puli sifatida tölaydi, qolgan tölovlar hukumat tomonidan tölab beriladi.
Dasturdan foydalaniş şartlari nimalardan iborat?

Asosiy şartlar 3 qismga bölinadi:
1. Banklar tomonidan moliyalaştiriş jalb qilinganda, 90 000 Bahrayn dinori (239 ming AQŞ dollariga yaqin) – qarz sifatida oliş mumkin bölgan eng köp miqdor hisoblanadi. Aksariyat banklar boşlanğiç tölovlarni talab etişmasa-da, ayrim banklar xonadonning umumiy qiymatidan 5 foiz yoki 10 foiz miqdorda dastlabki tölovni amalga oşirişni söraşlari mumkin.
2. Uyning ruxsat etilgan eng yuqori narxi 120 000 Bahrayn dinoridan oşmasligi lozim. Banklar faqat 90 000 Bahrayn dinori miqdorida moliyalaştirişni amalga oşirişlarini hisobga olsak, 120 000 dinor qiymatidagi mulk sotib olingan taqdirda, ariza beruvçilar örtadagi farqni, ya'ni 30 000 dinorni tölaşlari kerak böladi.
3. «Mazaya» dasturi doirasida faqat yangi qurilgan xonadonlarni sotib oliş mumkin, endi qurilayotgan yoki qurilişi yakunlanmagan binolar esa dasturga kiritilmagan.
Iştirokçi developerlar (uy-joy, köçmas mulk quruvçi pudratçi taşkilotlar)
Bir qator taniqli va akkreditatsiyadan ötgan köçmas mulk developerlari «Mazaya» dasturiga kiritilgan bölib, xaridorlarga uşbu dasturda röyxatdan ötgan har qanday köçmas mulkni sotib oliş huquqi beriladi.
Islom banklari köçmas mulk xarid qilişda yordam beriş uçun qanday amaliyotni qöllaşadi?

Islom banklari tomonidan köçmas mulkni moliyalaştirişda bir neça islom moliyasi mahsulotlaridan foydalaniladi (an'anaviy banklarda bu amaliyot «Ipoteka krediti» nomi bilan maşhur):
1. Murobaha
Murobaha şartnomasiga köra, islom banki, dastlab, mijoz tanlagan uyni xarid qilib, öz balansiga (ya'ni egaligiga) oladi. Söng uy tannarxiga tölov muddatini inobatga olgan holda öz ustamasini qöşadi va mijozga uzoq muddatga sotadi. Mulkka egalik huquqi oldi-sotdi bitimi imzolangaç, mijoz tasarrufiga ötadi. Mijoz kelişilgan davr mobaynida (har oy yoki har çorakda) bankka tölovlarni amalga oşirib boradi.
Aytaylik, uy narxi 50 000 dinor bölsa, islom banki uyni sotib olgaç, uning tannarxiga öz foydasini, masalan, 10 000 dinorni qöşadi. Natijada mijozga uyni 60 000 dinorga 15 yil muddatga sotadi. Mijoz 15 yil davomida yiliga bankka 4000 dinordan (60000/15) tölab boradi.
2. Kamayib boruvçi muşoraka
Kamayib boruvçi muşoraka bitimiga köra, mijoz va islom banki özaro şerikçilikda köçmas mulkni xarid qiladi va kelişilgan muddat yakuniga qadar bankning uluşini sotib olişga va'da beradi. Mazkur amaliyotda islom banki an'anaviy banklar kabi foiz hisobiga emas, balki ijara haqi hisobiga foyda oladi.
3. Ijara muntahiyya bit-tamlik (egalik bilan yakunlanuvçi ijara)
Islom banklari tomonidan uy-joyni moliyalaştirişda qöllaniladigan yana bir usul – ijara muntahiyya bit-tamlik bölib, bu sxema moliyaviy ijaraga juda öxşab ketadi. Islom banki mijoz tanlagan uyni xarid qiladi va uni öşa mijozga ma'lum davr uçun ijaraga beradi, ijara tölovlari tarkibiga uy narxining qançadir qismi ham qöşiladi. Belgilangan muddat yakuniga yetgaç va barça tölovlar töliq tölangaç, uy bank balansidan çiqib, mijoz egaligiga ötadi.












