Yiğilganlar «Amerikada yaşovçi qozoqlarni tahqirlaşni bas qiling!» deb yozilgan plakat kötarib olgan. Şuningdek, ular ramziy ma'noda film qahramoni «Borat»ni tobutga solib, AQŞ bayroği bilan öralgan holda konsulxona oldiga olib kelişgan.
«Heç bir qozoq öz qiziga nisbatan bunday buzuqlik qilmagan, bu hurmatsizlik. Biz AQŞ elçixonasidan bu film namoyişini töxtatişini söraymiz. Axir, ular bizni mehmondöst va yaxşi xalq ekanligimizni biladiku… Agar film körsatmoqçi bölsang, yaxşi film körsat», – deydi faollardan biri.
Namoyişçilardan yana biri esa «Borat» muallifi Saşa Baron Koen filmda Qozoğiston nazarda tutilmaganini ta'kidladi. «Agar Saşa Baron filmda qozoqlarni nazarda tutmagan bölsa, film namoyişini bekor qilsin», – deydi u.
Şuningdek, faollar petitsiya imzolab, uni boş konsulxona olib qolişini talab qilişgan. Lekin namoyişçilar oldiga heç kim çiqmagaç ular «Amerika şarmanda!» deya baqira boşlagan. Töplanganlar konsullik petitsiyani qabul qilmaguniça tarqalmasligini ma'lum qilişgan.
Avvalroq 23 oktabr kuni ham almatiliklar AQŞ konsulligi oldida töplanib, diplomatlarga «Borat» filmining ikkinçi qismini namoyiş qilinişiga qarşi petitsiyani topşirgan edi. Bundan taşqari ular film muallifi va aktyor Saşa Baron qozoğistonliklardan uzr söraşini talab qilgan.
Diplomatlar öşa kuniyoq bu filmning yaratilişida AQŞ hukumati iştirok etmaganini aytib, petitsiyaga munosabat bildirişgan.
Xorijiy naşrlarning yozişiça, filmda respublikaçilar va şaxsan AQŞ prezidenti Donald Tramp hamda uning saylovlardagi raqibi Jo Bayden oilasining xulqi ham tanqid ostiga olingan.











