UzAutoMotors mahalliylaştiriş rejasiga muvofiq, Damas va Labo avtomobillarining 277 ta butlovçi qismlari mahalliylaştirilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
«Özavtosanoat» qoşidagi R&D markazi muhandisi Fikrat Umirovning ma'lum qilişiça, UzAutoMotors mahalliylaştiriş rejasiga muvofiq, Damas va Labo avtomobillarining detallarini 3D skaner qilib, 2D va 3D çizmalari işlab çiqildi. Çizmalar asosida ştamplaş, qoliplarni tayyorlaş jarayoni ketmoqda. Bu import örnini bosuvçi detallar işlab çiqarişni kengaytirişga zamin yaratadi.
Yuqoridagi loyiha qiymati 938 mln sömga teng bölib, uşbu loyiha natijasida mahalliylaştirilgan detallar soni 277 taga yetdi. Şuningdek, uşbu detallarning avtomobil tannarxiga nisbati 28 foizni taşkil etmoqda.
“Yangi sex va zavodlar işga tuşirilişi tufayli aholi bandlik darajasi oşadi. Mahalliylaştiriş darajasi ösişi asnosida maşina tannarxini tuşirişga erişiş işlari olib borilmoqda”, – dedi Fikrat Umirov 29 oktabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligida bölib ötgan “Avtomobilsozlikdagi dolzarb muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminarda.
Eslatib ötamiz, “Özavtosanoat” qoşidagi R&D markazining asosiy maqsad va vazifasi avtomobilsozlik va texnika sohalarida muhandislik yeçimlarini taqdim etiş hisoblanadi.







