Agarda Armaniston hududida jangovar töqnaşuvlar boşlansa, Moskva Yerevanni qöllab-quvvatlaydi. Rossiya taşqi işlar vazirligi Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan yordam sörab qilgan murojaatiga ana şunday javob qaytardi. 

Vazirlikning ta'kidlaşiça, Rossiya va Armaniston örtasidagi döstlik, hamkorlik va özaro yordam töğrisidagi şartnomaga muvofiq ana şunday qaror qabul qilingan. 

Rossiya taşqi işlar vazirligi öz bayonotida Toğli Qoraboğdagi nizo iştirokçilarini öt oçişni zudlik bilan töxtatişga çaqirgan.

Nikol Paşinyan şanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Toğli Qoraboğdagi vaziyat haqida batafsil ma'lumot berilgan maktub yozdi. U öz maktubida ikki davlat örtasidagi ittifoqçilik şartnomasini hisobga olgan holda Rossiya Armaniston xavfsizligini ta'minlaş uçun qanday yordam berişi mumkinligini söragan.