Bu haqda Armaniston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Jangovar harakatlarning çegaraga yaqinlaşib kelayotgani va allaqaçon Armaniston Respublikasi hududiga tajovuzlarning boşlanganini hisobga olib, qöllab-quvvatlaş darajasi va şaklini aniqlaş uçun darhol maslahatlaşuvlarni boşlaşni iltimos qilib Boş vazir Rossiya prezidentiga murojaat qildi», – deyiladi xabarda. 

Ma'lum qilinişiça, uşbu yordam berilişiga huquqiy asos sifatida 1997 yilning 29 avgust kuni imzolangan «Döstlik, hamkorlik va ikki tomonlama yordam» töğrisidagi kelişuvning 2-bandi hamda ittifoqçilik munosabati keltirilgan.

Şuningdek, Paşinyan xatda Toğli Qoraboğdagi jangovar harakatlarda qatnaşiş uçun Yaqin Şarqdan qurollangan xorijiy terrorçilar «taşlanayotgan»ini qöşimça qilgan.