Har oyning sönggi şanbasida Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov öz tumanidagi hokimlik va davlat idoralarida murojaati ortidan yeçimini topa olmagan fuqarolarni qabul qiladi. Şu kuni viloyatning barça yuqori taşkilotlari mas'ullari tomonidan ham turli muammolar bilan kelgan aholi arzlari tinglandi. 

31 oktabr kuni Andijon şahridagi A.Navoiy madaniyat va istirohat boğida bölib ötgan qabul davomida yaşaş uçun uy-joy, işga joylaşiş, yöllarni ta'mirlaş, toza içimlik suvi muammolari, nogironlik aravaçalari,  moddiy yordam,  tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş kabi masalalarga oid 760dan ziyod murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida yeçimi ma'lum vaqt talab etadigan murojaatlar böyiça tegişli taşkilotlarga aniq körsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Viloyat hokimligi bergan ma'lumotga köra, qabul davomida jami 769ta murojaatlarning 65 foizi ijobiy hal qilingan. 

Elmurod Ermatov