Gruziyaning eng yirik muxolif partiyasi “Yagona milliy harakat” yetakçilaridan biri Nika Meliyaning ta'kidlaşiça, muxolifat erkin muhitdagi yangi saylovlarni talab qilmoqda va şu sababli parlamentdagi örinlardan voz keçmoqda. Saylovlar natijalariga köra partiya 27,13 foiz ovoz töplab, 2-örinni egallagandi.
Öz navbatida kiçikroq muxolif partiyalar ham mandatlardan voz keçişlarini ma'lum qilişgan.
Gruziyadagi saylovlarda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi ğalaba qozondi. Partiyani saylovçilarning 48,15 foizi qöllab-quvvatlagan. U hukumatni yakka özi şakllantira oladi. Muxolifat esa saylovlarni soxtalaştirilgan deb hisoblamoqda va xalqaro kuzatuvçilarni ularni qonuniy deb tan olmaslikka çaqirmoqda.












