Bu haqda 24 iyul kuni Polşaning Polsat telekanali xabar berdi.

Mazkur talab partiya raisi örinbosari va Polşaning sobiq boş vaziri Mateuş Moravetskiy PiS doirasida «Rivojlaniş Plyus» (Rozwój Plus) assotsiatsiyasini taşkil etganidan keyin qöyilgan.

Kaçinskiy partiyani tark etayotgan siyosatçilarning ismlarini oçiqlamagan. Biroq u partiyadagi «obröli va juda muhim şaxs» taşkilotni bölib yuborişni rejalaştirganini aytgan.

30 dan ortiq deputatning partiyadan çiqişi böyiça yakuniy qaror 28 iyul kuni bölib ötadigan partiya kengaşida tasdiqlanişi kutilmoqda.

PiS Seymdagi eng yirik fraksiya maqomini yöqotişi mumkin

Hozirga qadar PiSning 178 nafar deputati boşqa siyosiy kuçlarning sakkiz nafar vakili bilan birgalikda Polşa parlamenti quyi palatasi - Seymdagi eng yirik fraksiyani taşkil etib kelayotgan edi.

30 dan ortiq deputat partiyani tark etgaç, PiS Seymdagi ikkinçi yirik fraksiyaga aylanişi mumkin. Bunday holatda boş vazir Donald Tuskning liberal «Fuqarolik koalitsiyasi» yetakçiligidagi fraksiya birinçi öringa çiqadi.

Kaçinskiyning aytişiça, partiya a’zolari hujjatni imzolaş zarurligi va uni imzolamaslik qanday oqibatlarga olib kelişini oldindan bilgan.

Uning ta’kidlaşiça, mojaro nafaqat Moravetskiy taşkil etgan assotsiatsiya bilan, balki bir neça hafta oldin paydo bölgan partiyani bölib yuboriş taklifi bilan ham boğliq.

Kaçinskiy şu sabab «Rivojlaniş Plyus» assotsiatsiyasini partiyani böliş rejasining bir qismi sifatida qabul qilganini aytdi. Uning fikriça, assotsiatsiya ilgari surayotgan ğoyalarni PiSning özi doirasida ham amalga oşiriş mumkin edi.

Kaçinskiy va Moravetskiy örtasidagi kelişmovçilik

PiS içidagi qarama-qarşilik 2026 yil mart oyidan kuçaya boşlagan. Öşanda Kaçinskiy 2027 yil kuzida ötkaziladigan parlament saylovlarida partiyaning boş vazirlikka nomzodi sifatida sobiq ta’lim va fan vaziri Pşemislav Çarnekni körsatgan.

Çarnek partiyaning qattiq öng qanoti vakili sifatida tanilgan. Bu qaror orqali PiSni öta öng qaraşdagi saylovçilar uçun yanada jozibador qiliş maqsad qilingani aytilmoqda.