Hukumat qarori bilan, Adliya vazirligi qoşidagi yuridik texnikumlarga öqişga qabul qiliş tartibi belgilandi.

Qaror bilan yuridik texnikumlarga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi. Unga köra, yuridik texnikumlarga öqişga qabul qiliş tölov-kontrakt asosida, qabul parametrlariga muvofiq töplangan ballarning reyting tizimi böyiça amalga oşiriladi.

Quyidagilar yuridik texnikumlarga kiriş imtihonlarisiz, tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi:

  • Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni 56 va undan yuqori natijalar bilan tamomlagan bitiruvçilar;
  • respublika OTMlarida «yurisprudensiya» ta'lim yönalişi böyiça test sinovlarida umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini töplagan abituriyentlar.

Quyidagi toifalar kiriş sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan taqdirda grant asosida öqişga qabul qilinadi:

  • kam ta'minlangan oilalar a'zolari bölgan abituriyentlar;
  • «Mehribonlik uyi» va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari;
  • I guruh nogironligi bölgan, şu jumladan közi ojiz abituriyentlar.

Kiriş sinovlari 25–30 avgustda quyidagi şaklda ötkaziladi:

  • Özbekiston fuqarolari uçun – test sinovlari;
  • xorijiy fuqarolar uçun – oğzaki suhbat;
  • közi ojizlar uçun – tanlov asosida.

Test sinovlarini Davlat test markazi ötkazadi. Qabul uçun hujjatlarni qabul qiliş:

  • davlat xizmatlari markazlari;
  • yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • Davlat test markazi rasmiy veb-sayti orqali amalga oşiriladi.