Alibaba asosçisi Jyek Maning boyligi bir kunda 2,6 milliard dollarga kamaydi, bundan real vaqt rejimida özgarişlarni kuzatib boruvçi Forbes milliarderlar reytingi darak bermoqda.
Ma reytingda 16-örinni egallab turibdi. Uning boyligi 63,4 milliard dollarga baholandi. Ziyon körganiga qaramay, u hali ham Forbes talqiniga köra Xitoyning eng boy odami sifatida e'tirof etilyapti. Öz navbatida, Bloomberg reytingida Ma 18-örinda, Tencent telekommunikatsiya korporatsiyasi rahbari Ma Xuaten undan ikki poğona yuqorida joylaşdi.
Maning boyligi Alibaba’ga tegişli Ant Group korxonasining IPÖsi töxtatilişi fonida tuşib ketdi. U Xitoyda bozorning yarmiga ega bölgan Alipay tölov xizmatiga egalik qiladi. Dunyo böylab 1 milliarddan ortiq odam uşbu xizmatdan foydalanadi. Şuningdek, korxona onlayn banking va suğurta xizmatlarini taqdim etib, kreditlar beradi hamda aktivlarni boşqaradi.
Ant Group öz aksiyalarini Şanxay birjasi va Honkongda ikkilamçi röyxatga olişni (listing) rejalaştirgan. Joylaştiriş 5 noyabr kuni amalga oşirilişi kerak edi. Kompaniya 34,4 milliard dollar jalb qilişni rejalaştirgandi, bu esa tarixdagi eng yirik IPÖga aylanişi mumkin edi.
3 noyabr kuni Ant Group Xitoy regulyatorlaridan IPO töxtatilişi töğrisida xabar olganini e'lon qildi. Kompaniya listing yoki ma'lumotni oşkor qiliş talablarini bajara olmasligi haqida xabardor etilgan. Ant Group xabarida aytilişiça, IPO regulyatorlar vakillari hamda Ma va kompaniya top menejyerlari örtasida bölib ötgan suhbatdan söng paydo bölgan «jiddiy muammolar» sababli töxtatilgan, deb yozadi Financial Times.
IPO töxtatilgani haqida e'lon qilinganidan söng, Ant Group’ning uçdan bir qismiga egalik qiluvçi Alibaba aksiyalari ertasi kuni 7,5 foizga tuşib ketdi.
Regulyatorlar 2 noyabr kuni Mani çaqirgan. Suhbatning mazmuni oşkor etilmadi, ammo FT ta'kidlaşiça, rasmiylar tomonidan matbuot uçun xabarnomada işlatilgan xitoyça yuetan sözi odatda «koyiş» degan ma'noni anglatadi.
Rasmiylar bilan suhbat Maning moliya institutlari işi böyiça xalqaro qoidalarni tanqid qilgani fonida bölib ötdi. 25 oktyabrda milliarder ularda «lombard» mentaliteti borligi va bu innovatsiyalarni sekinlaştirayotganini ma'lum qildi. «Bazel kelişuvlari qariyalar uçun klubga öxşaydi. Biz kelajakni tartibga soliş yölida keçagi usullardan foydalana olmaymiz», - dedi Ma.












