Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev agarda Yerevan bosib olingan hududlardan qöşinlarini olib çiqib ketiş majburiyatini olsa, Boku Toğli Qoraboğdagi uruşni töxtatişga tayyorligini aytdi. U bu haqda La Repubblica naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Agar Armaniston boş vaziri qolgan hududlarni tark etiş majburiyatini olsa, biz bugunoq töxtaşga tayyormiz. U hozirça bunday majburiyatni olmadi», — dedi Aliyev.
Uning qayd etişiça, «uruş qança tez tugasa, şunça yaxşi böladi».
Aliyev BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi tamoyillariga köra, avval beşta, söngra yana ikkita rayondan çiqib ketiş zarurligini eslatdi.
«Biz bir tomonlama tartibda törtta rayonni böşatdik. Şu bois Paşinyan Ağdam, Kelbejar, Loçin rayonlarining bosib olingan hududlaridan qöşinlar olib çiqib ketilişini aytişi kerak. Ammo u bunday bayonot bermayapti. Bu uning uruş töxtaşini istamayotganini bildiradi», — dedi Aliyev.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston egallab turgan yettita rayon Ozarboyjonga berilişi mumkinligini aytgandi.
Toğli Qoraboğ hududida 27 sentyabrdan buyon janglar davom etmoqda. Rossiya va AQŞ vositaçiligida bir neça marta gumanitar sulh e'lon qilinişiga qaramasdan, Armaniston va Ozarboyjon özaro hujumlarni töxtatmayapti.












