“Eta” dovuli Markaziy Amerikaning bir qator davlatlariga katta talafotlar yetkazdi. Jumladan, Gvatemalada 50dan köproq kişi dovul oqibatida yuzaga kelgan toşqinlar va köçkilar qurboniga aylandi.
Mamlakat rahbariyati bir neçta departamentda tabiiy ofat rejimini e'lon qildi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş va aholiga yordam körsatişga qurolli kuçlar jalb qilingan. Toşqinlar oqibatida yuzlab uylar va bir qator yöllarga şikast yetgan.
Şuningdek, dovul oqibatida qöşni Gondurasda 11 kişi, Panamada 5 kişi halok bölgan. Yana bir neça kişi bedarak yöqolgan. Hukumat tabiiy ofat hududida aholiga yordam körsatiş böyiça katta kölamli amaliyot ötkazmoqda.
Prognozlarga köra, “Eta” 6 noyabrda Karib dengiziga qaytib va yana kuç töplab, Kuba tomon yönaladi.












