Jamoatçilik nazorati davlat dasturlarining ijrosi neçoğlik ta'minlanayotgani, amalga oşirilişi, erişilgan ijobiy natijalar haqidagi ma'lumotlarni keng omma va xalqaro hamjamiyatga yetkaziş, kuzatilayotgan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan taklif va tavsiyalarni işlab çiqişga qaratilgan. Şuningdek, monitoring natijalari böyiça tahliliy axborot Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi közda tutilgan.
Monitoring davomida davlat dasturi ijrosi yuzasidan ijtimoiy hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari quriliş işlari, investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan obektlarda şu kunga qadar bajarilgan işlar bilan tanişildi. Xususan, investitsiya dasturi asosida qurilayotgan «Family Park» savdo va köngiloçar markazi-muz saroyi, IT-park, Samarqand şahridagi Orzi Mahmudov köçasida amalga oşirilgan işlar, viloyatdagi professional ta'lim muassasalarida yaratilgan şaroit va maşğulotlar jarayoni, Ipak yöli turizm xalqaro universitetining foydalanişga topşirilgan yangi korpusi, Samarqand şahri va Jomboy tumanidagi arzon uy-joylar qurilişi közdan keçirildi.
Monitoring tadbirlari davomida aniqlangan ayrim kamçiliklar yuzasidan tegişli taşkilot va mutasaddilarga taklif hamda tavsiyalar berildi. Xususan, Jomboy tumanida oldingi kasb-hunar kolleji örnida qayta taşkil qilingan 2-kasb-hunar maktabida oçilgan ayrim yönalişlar uçun zarur bölgan jihozlar mavjud emasligi ma'lum böldi. Bundan taşqari, tumanda qurilayotgan köp qavatli uylar közdan keçirilganda, quruvçilar tomonidan kamçiliklarga yöl qöyilganligi, ularni bartaraf etiş kerakligi mutasaddilarga tuşuntirildi.
Samarqand viloyatida mahalliy budjet mablağlari va homiylar iştirokida qurilayotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj, turar joyi mavjud bölmagan oilalarga tasarruf etiş huquqisiz bepul foydalaniş uçun berişga möljallangan uylarni barpo etiş tajribasi monitoring guruhi tomonidan ma'qullandi. Uşbu tajribani boşqa hududlarda ham qöllaş böyiça takliflar işlab çiqilişi ma'lum qilindi.












