Tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qiliş yurak yetişmovçiligi rivojlanişi xavfini sezilarli darajada oşirişi mumkin. Vanderbilt universiteti tibbiyot markazi olimlari ana şunday xulosaga keldi.

Ular 25 ming nafardan ortiq insonga oid ma’lumotlarni tahlil qilib çiqişdi. Ma’lum bölişiça, kuniga örtaça 4200 milligramm natriy iste’mol qiliş (tavsiya qilingan me’yor 2300 milligrammgaça) yurak yetişmovçiligi rivojlanişi xavfini 15 foizga oşiradi.

Mualliflarning qayd etişiça, tuz iste’molini ozgina kamaytiriş ham sezilarli samara beradi. Ularning hisob-kitobiga köra, kunlik natriy iste’molini 4000 milligrammgaça kamaytiriş kasallikka çaliniş xavfini 6-7 foizga pasaytiradi.

Tadqiqotçilar tuz iste’molini kamaytiriş böyiça çoralar köriş kerakligini aytişmoqda.