Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga köra, Yangiyöl tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Spark avtomobili YHQ buzilganligi uçun töxtatilgan.
Qayd etilişiça, elektron ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriş vaqtida avtoulovning maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali joriy yil davomida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni öz vaqtida tölamay kelganligi aniqlandi. Avtoulov qarzdorlik undirilgunga qadar jarima maydoniga vaqtinçalik joylaştirilgan.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasiga köra, “Yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima soliş haqida qaror çiqarilgan kundan e'tiboran oltmiş kun içida jarima tölanmagan taqdirda, transport vositasi jarima soliş töğrisida qaror çiqargan vakolatli organ rahbarining yozma körsatmasiga binoan jarima soliş töğrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan iş yuritiş tugaguniga qadar uşlab turiladi”.












