Toşkent şahrida 6-sentabr kuni «Toşkent xalqaro yarimmarafoni» ötkazilişi munosabati bilan poytaxtning qator köçalarida avtomobillar harakati vaqtinça çeklanadi. Bu haqda poytaxt Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.


Iştirokçilar va yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş maqsadida 6-sentabr kuni soat 05:00 dan 14:00 gaça quyidagi köçalarda transport vositalari harakati çeklanadi:
- Islom Karimov köçasi - Furqat köçasidan Şaraf Raşidov şoh köçasigaça;
- Şaraf Raşidov şoh köçasi - Afrosiyob köçasidan Islom Karimov köçasigaça;
- Afrosiyob köçasi - Islom Karimov köçasidan Oybek köçasigaça;
- Oybek köçasi - Afrosiyob köçasidan Nukus köçasigaça;
- Nukus köçasi - Oybek köçasidan Abdulla Qodiriy köçasigaça;
- Abdulla Qodiriy köçasi - Nukus köçasidan Hamidulla Oripov köçasigaça;
- Hamidulla Oripov köçasi - Abdulla Qodiriy köçasidan Mustaqillik şoh köçasigaça;
- Mustaqillik şoh köçasi - Mirzo Uluğbek şoh köçasidan Amir Temur xiyobonigaça;
- Amir Temur xiyoboni atrofidagi yöllar - Buxoro va Şahrisabz köçalarigaça;
- Alişer Navoiy köçasi - Şahrisabz köçasidan Furqat köçasigaça;
- Botir Zokirov köçasi - Alişer Navoiy köçasidan Afrosiyob köçasigaça;
- Öqçi köçasining Botir Zokirov köçasiga tutaş qismi.
«Iştirokçilar va tomoşabinlar soni köpaygan taqdirda, zaruratga köra, uşbu hududlarga tutaş ayrim yöllarda ham harakat vaqtinça çeklanişi mumkin. Haydovçilardan safarlarini oldindan rejalaştiriş, muqobil yönalişlardan foydalaniş hamda yöl belgilari va masʼul xodimlarning körsatmalariga amal qilişlarini söraymiz», deyiladi YHTEM xabarida.











