"Jo Bayden qalbaki yöl orqali özini ğolib deb körsatayotganligini hammamiz bilamiz. Ştabimiz duşanba kuni saylov qonunçiligiga töliq rioya qilinişi va haqiqiy ğolib tanlanişi uçun sudga murojaat qiladi", - deyiladi Trampning bayonotida.
Tramp saylovdagi mağlubiyatini tan olmadi, u kuraş hali oldinda deb hisoblamoqda.
"Jo Bayden nima uçun asosi bölmasdan turib özini ğolib deb ataşga şoşilayotganini barçamiz bilamiz. Şuningdek, OAVdan bölgan ittifoqçilari unga nima uçun yordam berişga urinayotganini ham bilamiz: ular odamlar bor haqiqatni bilişlarini xohlamayapti", - deya qayd etdi u bayonotida.
"Saylov yakuniga hali ança uzoq", - deb qöşib qöydi AQŞ prezidenti.
Uning ta'kidlaşiça, ğolib ommaviy axborot vositalarining taxminlari bilan emas, qonuniy tarzda taqdim etilgan byulletenlar orqali aniqlanadi.
Avvalroq AQŞning yirik naşrlari Baydenning saylovdagi ğalabasini e'lon qilgandi.
Şuningdek, Baydenning özi ham murojaat bilan çiqib, saylovda ğalaba qozonganligini ma'lum qildi.













