Onam uçun jonimni berardim
– Farğona viloyati Rişton tumanidanmiz. Onam Malohat Qöziyeva endigina 38 yoşga kirganlar. Oqqonga çalinib qolgani tufayli yarim yildirki davolanib kelayapmiz. Oilada uç farzandmiz, kattasi menman, – hikoya qilib berdi Malohat Qöziyevaning öğli Nodirbek.

Ikki singlim bor, ayniqsa kiçigi, endigina birinçi sinfga boradi, u onamga juda içikib qolgan. Onamning soğayib ketişi, şu singlimning xursandçiligi uçun jonimni beriş mumkin bölsa berardim. Uyimizda sotişga arzirli narsa qolmadi, katta qarzga ham kirib ketdik. Şu oyda yangi bosqiç muolajalarini boşlaşimiz kerak, zarur mablağni qayerdan olişni bilmay boşimiz qotgan. Iltimos, bizga yordam bering, – deydi Nodirbek.
Malohat Qöziyevaga oid ma'lumotlar:
Uzcard (Click, Payme): Xalq banki: 8600 0604 9266 1336 (Malohat Qöziyeva nomida)
Visa: 4790 9122 1086 0799 (Nodirbek Nö'monjonov nomida)
Sberbank: 4276 1819 6316 2422 (tanişi Muzaffar Abdualimov nomida)
Paynet uçun: +998913271370
Telefon: +998 990571370, +998916791645
* * *
Qoraqalpoq öğloni sizni kutmoqda
– Men Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumanidanman. Öğlim Abdusalom Begimbayev 2018 yilda tavallud topgan. Endigina 2 yoşgan kirgan öğlimda joriy yil mart oyida mana şu murakkab kasallik aniqlandi. Olti oydirki poytaxtdagi gematologiya şifoxonasida davolanişni davom ettirayapmiz, uçinçi bosqiç muolajalarini olib böldik, – deydi Saparboy Eşboyev.

Şu paytgaça yaşagan umrim bir böldiyu, ötgan mana şu 6 oylik umrim bir böldi. Gödakning közlariga mung tuşsa yomon bölarkan. Har safar ahvoli oğirlaşsa titrab-qaqşab ketaman. Faqat mening öğlimga emas, barça bolajonlarga ham şifo bersin ilohim, – sözlarini tugatdi ota.
Abdusalom Begimbayevga oid ma'lumotlar:
Uzcard (Click, Payme): 8600 0423 5410 7103 (Agrobank, Qutligul Gapparova nomida)
Visa: 4187 8000 0055 7843 (Saparboy Eşboyev nomida)
Sberbank: 5469 5000 1788 5098 (Mahmud Jumekov nomida)
Telefon: +998994515269
* * *
Uç yoşida dard bilan olişayotgan Jasurbek
– Andijonning Xonobodidan kelganmiz. Endigina uç yoşga kirgan öğlim Jasurbek mana şu oğir dardga çalinib qoldi. 2020 yilning iyul oyidan beri davolanayapmiz. Işonsangiz zarur dorilarni yetkaziş uçun sotişga arzigulik heç narsamiz qolmadi, – deydi bolakayning onasi Inobat Qahhorova.

Bolaginam soğayib ketişiga işonaman, usiz hayotimni umuman tasavvur qila olmayman, iltimos, bizga yordam bering, – yiğlaydi onaizor.
Jasurbek Abdullajonovga oid ma'lumotlar:
Uzcard: 8600 0609 7211 1158 (Xalq banki, otasi Muhammadjon Qahhorov nomida nomida)
8600 0417 3669 3731 (Agrobank, Şavkatjon Jöraboyev nomida)
Visa: 4231 2000 0086 6532 (Qahhorov Ahmadjon nomida)
Sberbank: 4276 3500 1894 4072 (Murodulla Ahmedov nomida)
Telefon raqami: +998932557953
* * *
Izzatilla 1 yildan buyon bemor
Sönggi bemor bolajon Izzatilla Muhsinaliyev 5 yoşda. Çustlik Izzatilla bir yildan buyon leykoz kasalligining oğir turi bilan olişib yaşayapti. Ötgan qisqa vaqt içida ota-onaning jamiki topganlari sarflab tugatilgan, qarzdorlik esa oşib bormoqda.

– Ötgan bir yil içida har jihatdan holdan toydik. Şifokorlar harakat qilişayapti, öğlimning özi ham har közga umid bilan tikiladi. Heç kimning boşiga bunday kunlar tuşmasin, heç bir insonning bolasi kasal bölmasin. Iltimos, bizga yordam bering, qiyin ahvolga tuşib qoldik, – deya yiğlaydi ona Nodira Tursunova.
Izzatilla Muhsinaliyevga oid ma'lumotlar:
Uzcard: 8600041732066064 (Agrobank, Şerzod Tursunov nomida)
Sberbank: 5336 6901 9860 2643 (A'zam Vohidjonov nomida)
Telefon raqami: +998 94 1505655
Tört insonga qilingan xayriya savobi ham tört karra köproq böladi. Sizni duo qiluvçilar soni kamida tört oila a'zolari soniça köpayadi, bu ezgu harakatingiz natijasida tört kişi soğayib ketişi mumkin. Alloh dargohida qabul qilsin!
Abror Zohidov.












