Rossiya Taşqi işlar vazirligi binosi Valeriy Şarifulin/TASS

Rossiya Aleksey Navalniyning zaharlanişi bilan boğliq masalalar yuzasidan Germaniya va Fransiya boşqaruv administratsiyasi vakillariga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari uçun xalqaro vaziyatning muhim masalalari yuzasidan taşkil qilingan intervyuda ma'lum qilgan.

«Javob sanksiyalari, albatta, böladi. Navalniy borasida Yevropa ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalarning taşabbuskori Germaniya edi va bu sanksiyalar töğridan töğri Rossiya prezidenti administratsiyaning boşqaruv xodimlariga daxldor bölgan. Bizning javob sanksiyalarimiz ham xuddi şu darajada böladi», – degan Lavrov.

«Ular (sanksiyalar) qabul qilib bölingan. Biz yaqin kunlarda bu haqda nemis va fransuz hamkasblarimizga xabar beramiz. Bu sanksiyalar Germaniya va Fransiya rahbarlari administratsiyasining boşqaruv xodimlariga qarşi böladi», – deya aniqlik kiritgan Rossiya Taşqi işlar vaziri.

Sergey Lavrovning sözlariga köra, Rossiya Navalniyni Germaniya hududida yoki uni Berlindagi «Şarite» klinikasiga olib borgan samolyotda zaharlangan bölişi mumkinligini istisno qilmaydi.

Oktyabr oyida Yevropa ittifoqi Aleksey Navalniyning zaharlanişi ortidan rossiyalik olti nafar mansabdorga, şuningdek, Rossiya davlat kimyo va texnologiya ilmiy-tekşiriş institutiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

Rossiyalik muxolifatçi, Korrupsiyaga qarşi kuraş fond rahbari Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda özini yomon his qilgan va samolyot Omsk şahriga favqulodda qönişga majbur bölgandi. Zaharlaniş taşxisi bilan kasalxonaga tuşgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Şarite» klinikasiga olib ketilgaç, 7 sentyabrgaça koma holatida böldi. Keyinçalik oyoqqa turgan Navalniy özining zaharlanişi şaxsan Vladimir Putinning topşiriği bilan amalga oşirilganini aytgan.