Sirdaryo viloyati bojxona boşqarmasi boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idora vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbir ötkazdi.

Unda fuqaro I.F. boşqaruvidagi «Lasetti» töxtatilib, közdan keçirildi. Natijada avtomaşina saloni va yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan, umumiy qiymati 53 380 000 sömlik 62 820 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Toşkentda 300 million sömlik tamaki va pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi foş etildi

Toşkent şahar bojxona boşqarmasi boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbir ötkazdi. Unda fuqaro A.Ş.ga tegişli 2 ta xonadon örnatilgan tartibda közdan keçirildi.

Uşbu xonadonlarda Özbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan, umumiy qiymati 300 million sömlik 2427 quti tamaki mahsulotlari va 279 160 dona pirotexnika vositalari noqonuniy tarzda saqlanayotgani aniqlandi.

Tölovlardan böyin tovlaşga bölgan uriniş foş böldi

«Çuqursoy» TIF bojxona postida xorijdan kirib kelgan, yöl kuzatuv hujjatlarida umumiy nom bilan qayd etilgan ayollar kiyimlari körikdan ötkazildi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida umumiy nom bilan ayollar kiyimlari sifatida körsatilgan tovarlar aslida qişki kiyimlar ekani, konteynerdagi tovarlar hujjatlarda körsatilganidan 16 320 donaga ortiqça ekani aniqlandi.

Tekşiruv davomida, 1 mlrd 662 mln söm qöşimça bojxona tölovlari hisoblandi.

Yana bir holatda «Sirğali» TIF BPda xorijdan olib kelingan umumiy qiymati 1 mlrd 150 mln sömlik kiyimlar bojxona körigidan ötkazilganida, uşbu tovarlar aslida şimlar ekani ma'lum böldi va 361 mln söm miqdorida bojxona tölovlari hisoblandi.

Yana bir holatda, «Çuqursoy texnik idora» temir yöl çegara bojxona posti xodimlari Xitoydan kirib kelgan turli asbob-uskunalar va xöjalik tovarlarini bojxona körigidan ötkazdi.

Natijada yöl yuk-kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan va körsatilganidan ortiqça bölgan oğirligi salkam 6 tonnaga yaqin, qiymati 1 mlrd 326 mln sömlik maişiy buyumlar va ehtiyot qismlar tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.