Özbekiston Gidrometeorologiya markazi Qamçiq dovonida noqulay ob-havo şaroiti kuzatilişini ma'lum qildi. Unga köra, 12–13 noyabrda A-373 Toşkent–Öş avtomobil yölining Qamçiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuçli qor yoğişi haqida ma'lumot berilgan. 

Kun.uz muxbiri 13 noyabr, juma kuni Qamçiq dovonida bölib, avtotransport vositalari harakat xavfsizligini kuzatdi. Şuningdek, qorga öralgan baland toğlarda paydo bölgan çiroyli manzarani tasvirga tuşirdi. 

13 noyabr kuni ertalab dovonda tuman tuşib, köriş darajasi 50-100 metrgaça pasaydi. Ayrim joylarda  qor uyumlari, muzlamalar hosil bölgan. 

Şu yili ilk qor-yomğir Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlarida 10 oktyabr kuni kuzatilgandi. Qamçiq dovonida şu mavsumning ilk qor yoğişi esa 18 sentyabrda kuzatilgandi.