Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Jizzax viloyati Zomin tumanida qor yoğgani haqida suratlar joyladi.
Kuni keça Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod "Oybek" qişloğida ham qor yoğgani aytilmoqda.


Avvalroq Gidrometeorologiya xizmati markazi 10 oktabr kuni respublikaning toğli hududlarida havo özgarib turişi haqida xabar bergan edi.
“Toğ oldi va toğ hududlarning ba'zi joylarida yomğir yoğadi, baland toğ hududlarda qorga aylanişi mumkin. Şamol şimoli-şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq böladi”, - deb xabar bergan edi Gidrometeorologiya xizmati.

Joriy yilning 18 sentabr kuni Qamçiq dovonida ham qor yoğgan edi.











