Tojikistonning Murğob şahrida mamlakatdagi eng yirik quyoş elektr stansiyasi işga tuşirildi. Mazkur inşoot dunyodagi dengiz sathidan eng baland joyda qurilgan quyoş elektr stansiyasiga aylangani aytilmoqda.

Murğob şahrida 220 kVt quvvatga ega yangi quyoş elektr stansiyasi oçildi, deb xabar bermoqda AQŞning Tojikistondagi elçixonasi: «Mazkur inşoot Tojikistonda eng yirik, şuningdek, dunyoda dengiz sathidan eng yuqori balandlikda joylaşgan quyoş elektrostansiyasi hisoblanadi. Loyiha quvvati 180 kVt soat bölgan gibrid energiya yiğiş elektr stansiyasini ham öz içiga oladi», – deyiladi xabarda.

Mazkur quyoş elektr stansiyasining işga tuşirilişi bilan Toğli Badaxşon avtonom viloyatining Murğob şahrida 6 mingdan ortiq aholi elektr energiyasidan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan.

Ma'lumot uçun, Murğob Tojikistonda dengiz sathidan eng yuqori balandlikda joylaşgan şahar hisoblanadi. Bu şaharda 6 000 nafar aholi 3 600 metr balandlikda, yetib boriş qiyin bölgan şaroitlarda yaşagani uçun hududni elektr energiyasi bilan ta'minlaşga mas'ul bölgan «Pamir Enerji» va milliy elektr tarmoği ularni ta'minotdan uzib qöygan. Yangi quyoş elektr stansiyasining qurilişi aholiga elektr energiyasini uzatişni tiklaş imkoniyatini yaratgan.

«Murğobda qurilgan quyoş elektr stansiyasi hududning elektr ta'minotini 50 foizga oşiradi. Bu nafaqat aholining turmuş darajasini sezilarli darajada yaxşilaydi, balki mintaqaning umumiy iqtisodiy rivojlanişiga ham hissa qöşadi», – deyiladi xabarda.

Yangi quyoş elektr stansiyasi Tojikiston hukumati, AQŞning USAID va mahalliy «Pamir Enerji» kompaniyasi hamkorligida qurilgan. Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi Murğobda quyoş elektrostansiyasi loyihasida yordam körsatişni sörab USAID'ga murojaat qilgan va taşkilot uni qöllab-quvvatlagan.