Eron prezidentining ta'kidlaşiça, odamlarning töplanişi va harakatlanişini minimal darajaga keltiriş lozim.
Şu munosabat bilan mamlakat hududlarini koronavirusning tarqalganlik darajasiga köra uç rang – qizil, zarğaldoq va sariq bilan belgilaş tizimi işlab çiqilgan. Vaziyat eng oğir bölgan hududlarga qizil rang beriladi.
Qizil rang bilan poytaxt Tehron va yana 100ga yaqin şahar hamda aholi punkti belgilangan. Uşbu hududlarda eng qat'iy çoralar kiritiladi. Jumladan, eng muhim faoliyatlardan taşqari barça faoliyat töxtatiladi. Şuningdek, iş joyidagi işçilar sonini uçdan bir qismgaça qisqartiriş közda tutilgan.
Zarğaldoq rang bilan belgilangan hududlarda (150ga yaqin şahar va okrug) ma'lum turdagi faoliyat taqiqlanadi, jumladan, kafe, universitet, kontaktli sport turlari uçun sportzallar işi töxtatiladi, yiğilişlar, diniy tadbirlar ötkaziş taqiqlanadi. Bu hududlarda iş joylarida işlovçilar sonini yarmigaça qisqartiriş közda tutilgan.
Sariq rang bilan belgilanadigan şahar va okruglarda (150dan köproq) köngiloçar, sport va diniy faoliyat töxtatiladi. Iş joylarida uçdan ikki qism işçilarga işlaşga ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, “qizil” va “zarğaldoq” hududlarda avtomobillarning boşqa şaharlarga qatnovi taqiqlanadi.
Çeklovlarning yengillaştirilişi yoki qat'iylaştirilişi böyiça har 2 haftada qaror qabul qilinadi.
Ayni vaqtda Eronda koronavirusga çalinganlar soni 750 mingga yaqinlaşib qoldi, virus qurbonlari soni 41 mingdan oşdi.













