Özbekiston prezidenti 2020 yilning 24 yanvar kuni Parlamentga har yilgi murojaatnomasi bilan çiqdi. Unda asosiy işçi kuçi yaşaydigan va iş örinlari yaratilayotgan hududlar örtasida mavjud tafovutni bartaraf etiş uçun içki migratsiyani erkinlaştiriş lozimligi aytilgandi.

Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri doimiy asosda yaşab kelayotganlar barça fuqarolarga beriladigan huquqlardan foydalanişi kerakligi, 1995 yilgaça Özbekistonga kelgan va şundan buyon istiqomat qilayotgan şaxslarga Özbekiston fuqaroligi avtomatik tarzda berilişi darkorligi ta’kidlangan edi. Şu tariqa 50 mingga yaqin kişining fuqarolik bilan boğliq muammolari hal etilişi bildirildi.

Internetda Abu Muslim taxallusi bilan maşhur bölgan bloger Adham Otajonov 26 yildan beri fuqaroligi yöq şaxslar qatorida edi. Ikki yil oldin Kun.uz'da bu haqda ma’lumot berilgandi.

Abu Muslimning Özbekistonda tuğilgan farzandiga fuqarolik pasporti beriladi, u hatto armiya safida xizmat qiladi. Biroq vaqt ötib uning ham fuqaroligi bekor qilinadi.

Abu Muslim marhum Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asos solgan Islom.uz portali va uning içida bölgan 20 ga yaqin saytlarda muharrir vazifasini bajargan. Şayx vafotlaridan söng özi asos solgan Islamonline portalini yuritib keladi.

Bugun Bektemir tuman hokimligi binosida Abu Muslimga Özbekiston fuqarolik pasportini topşiriş marosimi bölib ötdi. Tuman hokimi Jahongir Ibrohimovning şaxsan özi pasportni Abu Muslimga topşirar ekan, uning kelgusi işlarida omad tiladi.

Adham Baratov, Bektemir tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi boşliği: «Bektemir tumanida jami 61 nafar fuqaroligi yöq şaxslar fuqarolik pasportini oliş böyiça hujjat topşirgan bölib, ularning 49 nafariga Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berildi. Arizalar 10 kun muddatda körib çiqiladi. Yangi qonunga köra, 1995 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda röyxatda turgan kişilar fuqarolik olişlari mumkin».

Adham Otajonov, bloger: «1975 yil Toşkentda tuğilganman. Otam polyak, onam koreys bölgan. Moliyaviy qiyinçiliklar va oilaviy sabablarga köra meni Mehribonlik uyiga topşirişgan. U yerda uç yoşgaça bölganman. Keyin Qozoğistonning Turkiston viloyatidan bölgan özbek oilasi meni asrab olgan. 1994 yil Toşkentga köçib keldik. Propiskaga qöyildik, lekin pasport berişmadi. Fuqaroligi yöq şaxs bölib yaşadik. Hozirgi kunda fuqarolik borasida siyosat tubdan özgardi. 4 yil içida 50 ming kişi pasport oldi. Men ham 26 yil deganda avtomatik ravişda fuqarolik oldim. Endi farzandlarim ham fuqarolik olişi mumkin».

Temur A’zam tayyorladi
Tasvirçi va montaj ustasi Asad Allanazarov