Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning şogirdi 24 yildan buyon Özbekiston fuqaroligini kutmoqda
|22:05 / 11.02.2018103 31913 min
Bugun Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Çilonzor tumanida barpo etiladigan masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilişi haqidagi xabardan yurtimizning juda köp musulmonlari xursand bölişdi. Şayx hazratlaridan juda katta ulkan ma'rifiy meros qoldi. U kişining şogirdlari, yordamçilari ham köp edi. Şularning biri Abu Muslim nomi bilan tanilgan Adham Atajanovdir.
Foto: KUN.UZ
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Abu Muslimga nisbatan muhabbatlari bölakça edi. Uning intellektini, zakovati va ulamolarga nisbatan muhabbatini köp eslardilar. Zamonaning siyosiy va ijtimoiy tahlillarida teranligini, şe'riyat va adabiyotda zavqining ajoyibligini, yangi ğoyalar kaşfiyotida ufqi keng ekanini alohida e'tirof qilardilar. Abu Muslim biz uçun Hazratimizdan qolgan qimmatli omonatdir. Özbek xalqi uçun ham omonatdir.
Uning taqdiri juda murakkab va doston qilişga arziydi. Özi polyak millatiga mansub bölsa ham, taqdiri özbeklar, Özbekiston bilan çambarças boğliq. Biz, özbeklar uruş vaqtida qança-qança yetimlarni bağrimizga olgan millatmiz. Nahotki, bugun bir polyak yigitiga yordam berib yubora olmaymiz. Haqiqatdan ham nega yordam berib yubora olmaymiz?!
Foto: KUN.UZ
Ha, ijtimoiy tarmoqlarda u haqida postlar trendga aylandi. Prezidentimiz nomiga murojaatlar ham böldi. Xöş, Abu Muslim kim? Uning Özbekistondagi örni qanday? Şu savollarga javob izlaş niyatida Kun.uz ham bir maqola tayyorladi. Abu Muslim bilan boğlandik, savollar berdik va javoblar oldik.
Abu Muslim 1975 yil iyul oyida Toşkent şahrida tuğilgan. Otasi rigalik bölib, millati polyak. Toşkentda zilzila bölganida köngilli işçi bölib kelgan. Onasining millati koreys. Oilada qiyinçiliklarga duç kelgani sababli Abu Muslim va opaçasi bolalar uyiga topşirilgan. 1977 yillarda Qozoğistonning Çimkent viloyati Turkiston şahrida yaşovçi millati özbek bölgan Atajanovlar oilasi özlariga farzand qilib asrab olişgan. Turkistonda örta maktab, Ahmad Yassaviy nomidagi (Qozoğiston) Xalqaro universitetning huquqşunoslik fakultetini tamomlagan. Xalqaro Intellektual mulk taşkiloti — WIPO Academy’ning diplomiga ega.
Mavzuga oid
1994 yil Toşkent şahriga köçib ötgan. Fuqaroligi yöq şaxs maqomi berilgan. Fuqarolik haqidagi qonunga köra, Özbekistonda 5 yil yaşab, söng fuqarolik oliş niyatida bölgan. Ammo, Toşkentda tuğilgani bois, beş yil kutmasdan hujjat topşirişi mumkin bölgan.
— 1994 yili, ya'ni köçib kelgan yillaringiz Özbekiston fuqaroligini oliş imkoni bölmaganmi?
— Öşa vaqtlarda pulga yoki boşqa taniş-biliş yöllari bilan qiliş mumkin, deb eşitardim. Ammo şunday bölsa ham men bu yöl bilan Özbekiston pasportini olişni özimga ep körmaganman. Qonuniy yöllar bilan olaman, deb öyladim. Öşa vaqt kerakli hujjatlarni kerakli joylarga topşirganman. Ammo oradan 20 yillar vaqt ötgan bölsada, bu iş amalga oşmayapti. Şavkat Mirziyoyev prezident bölganidan keyin ança odamlar fuqarolik olayotganini eşitdim, kördim. Ungaça bu juda qiyin masala edi. Masala ijobiy hal qilinayotganini körgaç, umid paydo böldi.
— Ya'ni, siz Prezident nomiga ariza yozgansiz, şundaymi?
— Ha, şunday desa ham böladi. Ötgan yili Prezident portaliga ariza yozdim. Söng qandaydir tekşiruvlar böldi. Pasport stoliga çaqirib, ba'zi narsalarni tekşirişdi, savol-javob qilişdi-yu, masalani mening zararimga hal qilib berişdi. Bir yil oldin Toşkentda tuğilgan va butun umr Toşkentdan çiqmagan, Özbekiston armiyasida xizmat qilişga ham ulgurgan katta öğlimni fuqarolikdan mahrum etişdi. Emişki, notöğri berilgan ekan. Ota-onasining biri Özbekiston fuqarosi bölmagani uçun farzandi ham fuqaro böla olmas emiş. Keyin ikkinçi öğlimga ham şunday Fuqaroligi yöq şaxs, degan pasport berildi.
— Keyin heç narsa qilmadingizmi?
— Yaqinda yana bir marta portalga yozdim. Yana öşa umumiy gaplar bilan işim hal bölmadi.
Abu Muslim 2003 yildan boşlab Özbekistonga qaytgan taniqli ulamo Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bilan yaqindan tanişgan. Şayx hazratlarining islomiy saytni işga tuşiriş kerak, degan taklifini qabul qilib Islom.uzsaytini işga tuşirdi. Şu sayt faoliyati doirasida juda köp foydali loyihalarni amalga oşirdi. Xususan, Adham Atajanovning takliflariga köra, Özbekistonda ilk bor «Fatvo xizmati» işga tuşirildi. Ya'ni, bu loyihaga köra, dunyoning istagan çekkasidan istagan odam yetuk din olimi hisoblangan şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlariga bevosita savol beriş va savollariga javob oliş imkoniga ega böldi.
Oradan yana bir oz vaqt ötib, Qur'oni karimning özbek tilidagi ma'nolar tarjimasini onlayn öqiş uçun katta loyihani işlab çiqdi. Mazkur loyiha ham muvaffaqiyatli qabul qilindi. Maşhur muhaddislarning kitobilarini tarjima qilib, keng xalqqa yetkaziş uçun amaliy işlarni bajarib «Muhaddis» deb nomlangan veb-loyihani işga tuşirdi. Mazkur loyiha «Oltin silsila» kitoblari turkumi bilan kitob bölib naşrdan çiqişiga asos böldi.
Bundan taşqari, diniy-ma'rifiy mazmunda 20 dan oşiq veb-loyihani işga tuşirdi. Har yili bölib ötadigan Özbekiston internet tanlovlarida ğolib bölib keldi. Kuzatuvçilarning aytişiça, Adham Atajanov tarafidan işga tuşirilgan yigirmadan oşiq diniy-ma'rifiy saytlar jaholatga qarşi ma'rifat vazifasini bajargan va şu vazifani hali ham bajarib kelmoqda.
— Şayx hazratlari bilan qanday tanişgansiz?
— Şayx hazratlari, Alloh taolo rahmatiga olsin, ajoyib inson edilar. Hazrat bilan ilk bor uçraşganimda, mehmon kutadigan xonalariga emas, hovlilariga olib kirdi. Sörilarida ötirib ança gaplaşdik. Dindan köp narsalar söradilar (diniy ilmim bormi yoki yöqmi biliş uçun savol-javob qilib, imtihon qilgan bölsalar kerak). Söng, javoblarimdan qoniqib, endi men bilan birga bölasiz, sizni heç kimga bermayman, dedilar kulib. Ana, Alloh taoloning mendek bir öksik, yetim bölgan bir yigitni — Islomning kibor ulamosi hazrat şayx xizmatiga yöllab qöyişi. Dinga xizmat qilişga taşna odamning bundan ortiq yana qanday orzusi bölişi mumkin. Qança-qança özbeklar şayx hazratlarining hizmatlarini qilsam, deb orzu qilişini yaxşi bilaman. Ammo men kimman? Adaşib kelib qolgan bir polyak yigit bölsam, deb boşqalarga qaraganda köproq harakat qilardim. Duolarini olişga şoşardim
— Şayx hazratlari qoşida xizmatlaringiz aynan nimalardan iborat edi?
— Internetda Islomni özbek tilida da'vat qiliş uçun şayx hazratlari barça imkoniyatlarni qilib berdi. Saytlar bilan boğliq ijod işlariga aralaşmas edi. Ijodimda erkin edim (şuning özi ham katta gap). Lekin ba'zi masalalarda maslahatlarini olib, işlar edim. Ajoyib davrlar, ajoyib xizmatlar edi. Öşanda axborot texnologiyalari olamida yangi bölganimiz uçun köp narsalarni ilk bor kaşf qildik. Yangi narsalarni öylab topdik. Heç kimga taqlid qilmaslikka harakat qildik. Hozirgi Islomiy-ma'rifiy saytlarning aksarining işlaş va materiallarni taqdim qilişida biz boşlagan işlarning ta'siri katta bölgani şubhasiz.
Abu Muslim (Adham Atajanov) Internetda Özbek tili, adabiyoti va tarixining amaliy tarğibotçisi hisoblanib, bu sohada közga körinadigan ança işlarni bajargan. Dunyodagi eng maşhur veb platformalarning aksarini özbek tiliga tarjima qilgan (vBulletin, phpBB, smf, php-nuke, mambo, joomla, drupal va h.k). Bu işlari bilan Özbek internetining rivojiga öziga yaraşa amaliy xissa qöşgan. Özbekiston tarixi va adabiyoti, oila institutiga bağişlangan özbek tilidagi yirik saytlari ham bor. Bu saytlarni öz mablağlari hisobidan yuritib kelmoqda.
Foto: KUN.UZ
— Milliy tarix, adabiyot va qadriyatlarga bağişlangan saytlaringiz ham bor. Şular haqida ham töxtalib ötsangiz...
— Yoşligimdan dinimiz, tariximiz, adabiyotimizga nega ğayrioddiy holda qiziqişim, bu mavzudagi deyarli barça kitoblarni nega bunçalik qiziqiş bilan öqib örganişimni, vaqt ötgandan söng tuşundim. Alloh taolo bekorga mazkur ilmlarga qiziqişni dilimga solmagan ekan. Hammasi xizmat uçun juda kerakli böldi. Tarix, adabiyot va oilaga oid maxsus loyihalarni işga tuşirdim. Özbek tilida bunday veb-loyihalar yöq edi.
Aksariyat odamlar bir kişi şunça işlarni qanday uddaladi ekan, deb hayron böladi. Özim ham hayron bölaman. Ammo hamma gap yetimligimda bölsa kerak. Çunki özing uçun öl yetim, deb hamma qatori emas, hammadan bir neça barobar köp işlaş kerak böladi. Samara ham şunga yaraşa bölsa kerak. Oradan bir neça yil ötib, saytlarimiz tanildi, tan olindi. Kunlarning birida bir davrada saytlar haqida gap oçilganida, kimdir şunday saytlarni qiliş uçun juda köp bilimli odamlar (jamoa) kerak, dedi. Hazrat öşanda töğri Islomdan bilimi bölmagan odam bunday sayt qila olmaydi, bu saytlarni Abu Muslimning özi qildi, özi töldirdi hamda u hozir sayt mudiridir, deb maqtagandi. Sönggi vaqtlarda sayt işlari kölami oşgaç juda köpçilik yordam beradigan böldi. Ammo saytlarning texnik va kontenetlariga özim boş-qoş edim.
Şuningdek, Abu Muslim Özbekiston musulmonlari diniy idorasi, «Hidoyat» jurnali va Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom institutining veb-loyihalarini işga tuşirişda bevosita iştirok etib, bu loyihalarni boşqargan.
Foto: KUN.UZ
— Islom.uz’dan boşqa diniy saytlarni ham qilgan ekansiz-da?..
— Bundan 15 yil oldin. Şayx hazratlari Diniy idoraning internet saytini işga tuşiriş kerak ekan. Siz bu işning ustasisiz, bizdan yordam sörab iltimos qilişyapti, şunga nima deysiz, dedilar. Men: «Siz nima desangiz, şu», dedim. Söng, Diniy idoraning saytini işga tuşiriş uçun işga kirişib ketdim... Şu orada diniy idoradan şu joyda işlang, barça şaroitlarni qilib beramiz, degan taklif ham böldi. Könglim şayx hazratlari bilan bölgani bois, buning ilojisi yöq edi. Idora saytini işga tuşirganimni körib, boşqalar ham saytlarini işga tuşirib berişimni iltimos qila boşladi. Şogirdlar çiqardim.
Internet naşrlarida, gazeta va jurnallarda uning ijtimoiy-siyosiy mavzudagi mingdan oşiq maqola, tarjima va boşqa asarlari bor. «Bağdodning qulaşi», «Şaxsga siğiniş», «Qizil terror», «Yangi Dunyo», «Korrupsiya», «Missionerlar hamlasi», «Asrandi bola nolasi» va «Fitna» deb nomalangan kitoblarining muallifi hamdir. Bundan taşqari, Aflotunning «Parmenid» va Makiavvelining «Hukmdor» kitobini Özbek tiliga tarjima qilgan. Adham Atajanov Internetdagi turli ijtimoiy tarmoq va forumlarning faol iştirokçisi. “Feysbuk”dagi özbekistonlik eng maşhur blogerlardan.
— Juda köp narsalar yozasiz, tarjima qilasiz va tayyorlaysiz. Hatto bizning saytda ham bir neçta tahliliy maqolalaringiz bor.
— Işim şuni taqozo qilgani bois köp xabar va maqolalar yozaman, asosan, tarjima qilaman. Yozgandan köra, tarjima qiliş qiyin. Çunki birovning narsasini xuddi özidek qilib yetkaziş uçun mehnat qiliş kerak. Sönggi 15 yil içida yozilgan narsalar ham köpayib ketgani uçun ularni kitob qiliş oson böldi. Boşlab qöygan işlarim ham köp.
Bunday mutaxassislar Vatanimiz uçun bugun suv va havodek zarurdir. Vatanimiz uçun foydasi tegib kelayotgan, butun ongli hayotini Özbekiston zaminida ötkazayotgan, taqdirini şu aziz Vatan bilan boğlagan bu kabi insonlarning nima uçun fuqarolik olişlari qiyin, degan savolni oçiq qoldiramiz...