Madaniyat vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirdi.
 
“Kun.uz saytida Karmanada joylaşgan Buxoro amirining qarorgohi haqidagi maqola e'lon qilindi. Unda uşbu qadimiy yodgorlik xaroba holga kelib qolgani aytiladi. 
 
“Mirzaçorboğ” qarorgohi Karmana tumani Köhnaqörğon MFY hududida joylaşgan bölib, Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan 1900-1905 yillarda barpo etilgan. Bugungi kunda uşbu madaniy meros obekti haqiqatdan ham ta'mirtalab ahvolda. Şu boisdan "Mirzaçorboğ" qarorgohi  2020 yilda madaniy meros obektlarni ta'mirlaş-tiklaş dasturiga kiritilganini ma'lum qilamiz.

Ayni paytda yodgorlikka doir loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilib, 2020 yil 4 noyabrdagi 01-O2-FJ/757-sonli yiğiliş bayonining 5-bandi bilan tasdiqlangan va Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi injyenering kompaniyasiga taqdim etilgan. 

Madaniy meros obektlarni ta'mirlaş-tiklaş dasturiga asosan, injyenering kompaniyasi tomonidan binoning saqlangan tom qismini qayta tiklaş, buzilib ketgan qismini an'anaviy usulda töliq tiklaş, suv ketiş yöllari va bino atrofidagi himoya yölaklarini ta'mirlaş işlarini boşlaş uçun bir mlrd söm ajratilib, yaqin kunlarda tender savdolariga qöyilişi rejalaştirilgan. 

Kun.uz jurnalistiga madaniy meroslarimizga bölgan jonkuyarlik uçun minnatdorçilik bildirib, uşbu obektni 2021-2022 yillarda töliq restavratsiya qiliş rejalaştirilganini ma'lum qilamiz”, — deyiladi vazirlik munosabatida.