Norma’ning yozişiça, UKX tizimi budjet taşkilotlarida (UKX vazirligi markaziy apparati, uning taşkiliy tuzilmasiga kiradigan taşkilotlarning hududiy bölinmalari) quyidagilar oşiriladi:
 
a) alohida taşabbuskor va yuqori malakali xodimlarga. Ilgari ularning eng yuqori miqdori lavozim maoşining 50 foizini taşkil etgan. Endi bu UKX vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatni baholaşning tarmoq reyting natijalariga boğliq:

  • 70 balldan 80 ballgaça töplaganlarga – 50 foiz;
  • 80 balldan 90 ballgaça töplaganlarga – 100 foiz;
  • 90 balldan 100 ballgaça töplaganlarga – 200 foiz;

b) yölkira va ovqatlaniş uçun har oylik kompensatsiya – BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigaça.
 
Köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspektorlarini moddiy rağbatlantiriş tartibi (undirilgan jarimalar summasining 10 foizidan ortiq bölmagan) endi teng darajada quyidagilarning xodimlariga qöllaniladi:

  • köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi;
  • içimlik suvidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi.

Hujjat 9.11.2020 yildan kuçga kirdi.