– Özim ikkinçi guruh nogironiman. Mana 4 yildirki gepatit asorati bölgan jigar sirrozi kasalligi bilan ham kuraşib kelaman. Ahvolim kundan kunga yomonlaşib bormoqda. Afsuski oğir paytlarda menga suyançiq böladigan turmuş örtoğim ham baxsiz hodisa tufayli bu olamni tark etgan, – dedi biz bilan suhbatda quyi çirçiqlik Kamola Abdurahmonova.

Ayni paytda Kamolaning boquvçisi yöq. Kasalligi sababli uning qorniga suv töplanadi, şu paytgaça yiğilgan suvni dorilar orqali tuşurib kelar edi. Lekin hozirgi kunga kelib bunday muolajalar ham foyda bermayapti.

– Endigina 32 yoşga kirdim. Ahvolim bilan tanişgan şifokorlar zudlik bilan jigar almaştiriş operatsiyasini ötkaziş kerakligini aytişgan. Lekin Hindistonda ötişi kerak bölgan operatsiya uçun pulim yöqligi sababli bu iş orqaga surilib ketyapti. Holatim esa kundan kunga yomonlaşyapti. Kun.uz sayti orqali juda köplab bemorlar muşkullari oson bölyapti. Men ham umid bilan saxovatli xalqimizga murojaat qilyapman, iltimos, yolğiz boşimni dard bilan yakkalatib qöymang, – közida yoş bilan sözlarini tugatdi Kamola.

 Kamola Abdurahmonovaga tegişli ma'lumotlar:

Özkard: 8600041743567142 (Agrobank, Kamola Abdurahmonova nomida)

Sberbank: 4276380177975567 (Örunbike Sarsenova nomida)

Visa: 4187 8000 3054 9919 (Kamola Abdurahmonova nomida)

Paynet uçun: +998994364908

 Taqdirning barça sinovlariga qarşi turib, yaşaşga intilayotgan, ayni damda ham darddan, ham yolğizlikdan tinkasi qurigan Kamolaga yordam beradigan saxovatpeşa insonlar oramizda bor. Ular duolari bilan, orttirsalar, ataganlari bilan bir bemorni yöqlaydilar albatta.

Abror Zohidov.