Klopp FIFA kunlarida ötkazilayotgan milliy jamoalar iştirokidagi har öyindan keyin qaysidir şogirdining safdan çiqqani haqidagi noxuş xabarni olmoqda. Ayniqsa, himoyaçilar borasidagi kadrlar muammosi ança jiddiy köriniş oldi.

 Virjil van Deyk

«Liverpul»dagi muammolar jamoaning himoya qörğonidagi yetakçisi Virjil van Deykning «Everton»ga qarşi bahsda Pikford bilan yuz bergan vaziyatda jarohat olgani bilan boşlandi. Tibbiy körikdan keyin niderlandiyalik himoyaçi jarrohlik stoliga yotişga majbur böldi. 30 oktyabr kuni tizzasidan jarrohlik amaliyoti ötkazgan 29 yoşli futbolçining tiklanişi uçun eng kamida 4 oy vaqt talab etilişi ma'lum qilindi. Natijada «Liverpul» van Deykni Premer-liga qaydnomasidan öçirdi. Bu esa Virjilning qişki «zayavka» muddati – qariyb mart oyigaça APL bahslarida maydonga tuşa olmasligini bildirardi.

 Qaçon safga qaytadi?

Klub şifokorlari van Deykning yanvar oyida yakka tartibda jismoniy maşğulotlarni boşlaşi, fevral oyidan boşlab esa jismoniy yuklamalar berib, jamoaviy maşğulotlarga qaytişini kutişmoqda.

Tyago Alkantara

 Ispaniyalik yarimhimoyaçi Germaniyadan Angliyaga köçib ötganidan buyon boşi taşvişdan çiqmayapti. Alkantara klub safidan koronavirus yuqtirib olgan dastlabki futbolçilardan biri bölib, qariyb 15 kunga safdan çiqqandi. Tuzalib maydonga qaytgaç, «Everton»ga qarşi bahsda van Deykdan keyin maydonni tark etişga majbur böldi. Unga nisbatan qöpol harakat qilgan Rişarlison qizil kartoçka olib maydondan çetlatildi. Alkantaraning esa jarohati jiddiy bölib çiqdi.

 Qaçon safga qaytadi?

Tizzasidagi oğriq sababli bir oydan buyon jamoasiga yordam bera olmayotgan ispaniyalik yarimhimoyaçi noyabr oyi yakunida safga qaytişi kutilmoqda.

 Aleks Oksleyd-Çemberlen

 Angliyalik 27 yoşli yarimhimoyaçi mavsum oldidan – 21 avgust kuni jarohat olib safdan çiqqan edi. Maşğulotlar paytida tizzasidagi jarohatini yangilab olgan öyinçi qariyb uç oydirki klubiga yordam bera olmayapti.

 Qaçon safga qaytadi?

Bu savolga klub şifokorlari ham aniq javob bera olganiça yöq. Jarohatlarga moyil futbolçi yil yakuniga qadar safga qaytişi taxmin qilinmoqda.

 Trent Aleksandr-Arnold
 

 Angliyalik öng qanot himoyaçisi 8 noyabr kuni «Mançester Siti»ga qarşi bahsda jarohat oldi. «Liverpul» himoyaçisi 63-daqiqada olgan jarohatidan keyin öyinni davom ettira olmadi. Tibbiy tekşiruvlardan keyin Trentning oyoq muşaklariga şikast yetgani ma'lum böldi.

 Qaçon safga qaytadi?

Jarohati sababli Angliya milliy jamoasining öyinlarini ötkazib yuborgan Aleksandr-Arnold dekabr oyi boşida safga qaytişi kutilmoqda.

 Fabino
 

27 oktyabr kuni «Liverpul» Çempionlar ligasi doirasidagi «Midtyulland»ga (2:0) qarşi uçraşuvda himoya markazida van Deykni örnini egallagan Fabinoni ham uzoq muddatga yöqotdi. Braziliyalik futbolçi 27-daqiqada çimga ötirib olib, özini zaxiraga olişni söradi. Tibbiy tekşiruvlar sonining orqa qismidan jarohat borligini körsatdi.

Qaçon safga qaytadi?

Fabino uç haftada safga qaytişi taxmin qilingan edi. U «Mançester Siti» bilan öyin va FIFA kunlaridagi bahslarni ötkazib yubordi. Braziliyalik himoyaçi yaqin kunlarda jamoa safiga qaytişi kutilmoqda.

 Muhammad Saloh

 Ötgan haftada «Liverpul»dan Misr milliy jamoasi ixtiyoriga yetib borgan Muhammad Salohning juma kuni koronavirusga topşirgan test natijalari musbat natija berdi. Bu esa «Liverpul» forvardining milliy jamoa safidagi ikki uçraşuvni ötkazib yuborişi va klubi safiga keçroq yetib borişini anglatardi.

Qaçon safga qaytadi?

Misrda özini yakkalaş tartibiga ötkazilgan hujumçi noyabr oyi oxiriga Angliyaga qaytişi va takroriy testdan keyin klubi safiga qaytişi kutilmoqda.

Jo Gomes

«Liverpul»ning himoya qörğonidagi asosiy himoyaçisi bölib qolgan Jo Gomes Angliya milliy jamoasi safiga borib, jarohatga yöliqdi. Maşğulotlarda tizzasidan jarohat olgan himoyaçi operatsiya stoliga yotişga majbur böldi. Ötgan haftada Londonda ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin Gomes ham mavsumning asosiy qismini ötkazib yuborişi oydinlaşdi.

FIFA Angliya milliy jamoasi himoyaçisi Jo Gomes jarohat olgani tufayli «Liverpul» klubiga tovon puli tölab beradi. Angliya milliy jamoasi ixtiyorida jarohat olgan Gomes uçun xalqaro futbol taşkiloti 2 million funt tölab berişga rozi bölgan.

Qaçon safga qaytadi?

Klub futbolçining qaçon safga qaytişini ma'lum qilmagan bölsa-da, taxminlarga köra Gomes fevral oyida safga qaytadi.

Endryu Roberson

«Liverpul» klubi şanba kuni Şotlandiya milliy jamoasi qarorgohidan ham noxuş xabar oldi. Endryu Roberson UYeFA Millatlar ligasi 5-turi doirasida Şotlandiya milliy jamoasi safida maydonga tuşmadi.

Öyindan oldin Robersonning oyoq paylarining şikastlanişi aniqlangan. Şu bois u Slovakiyaga qarşi öyinda şotlandlarga yordam bera olmadi.

Qaçon safga qaytadi?

Roberson çorşanba kuni Angliyaga qaytib, klub şifokorlari tomonidan tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi. Şundan keyin uning jismoniy holati ma'lum böladi. Taxminlarga köra, futbolçining jarohati jiddiy emas.

Jordan Henderson

FIFA kunlarida «Liverpul»ning uçinçi futbolçisi milliy jamoa safida jarohat oldi. Yakşanba kuni Millatlar Ligasida Angliya milliy jamoasi tarkibida Belgiyaga (0:2) qarşi bahsda Jordan Henderson jarohat oldi va birinçi bölimdan söng almaştirildi. Buni inglizlar boş murabbiyi Garet Sautgeyt tasdiqladi.

«Henderson özini noqulay his qildi va öynay olmasligini tuşundi», – degan Sautgeyt.

Qaçon safga qaytadi?

«Liverpul» yarimhimoyaçisi tez orada klubiga qaytadi va şifokorlar tomonidan çuqur tibbiy körikdan ötkaziladi. Şunga qaramay, boş murabbiy Yurgen Klopp jamoa sardori Hendersonning jarohati jiddiy emasligiga umid qilmoqda.

«Liverpul» sobiq sardori Jimmi Karragerning fikriça, nemis mutaxassisi «Liverpul» himoyasidagi jiddiy muammolar sababli Jordanni himoya çiziğida sinab körişi mumkin. Çunki, Klopp qöl ostida faqat bir nafar markaziy himoyaçi qolgan – Joel Matip. U ham jarohatga moyil ekani Kloppni jiddiy taşvişlantirayotgani aniq. Noyabr oyining uçinçi önligi va dekabr oyida Premer-liga va Çempionlar ligasi taqvimi ança ziç köriniş olganini inobatga olsak, Klopp va «Liverpul» qişki transfer oynasigaça qanday holatga yetib kelişini tasavvur qiliş qiyin.