Markaziy bank şarhida aytilişiça, narxlar oşişiga, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sentyabr oyiga nisbatan 2,3 foizga qimmatlaşişi sabab böldi. Yanvar-oktyabr oylarida respublika böyiça inflatsiya darajasi 7,8 foizni taşkil etdi. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ösişi (10 foiz) umumiy inflatsiya darajasidan yuqori, nooziq-ovqat tovarlari (6,9 foiz) va xizmatlar narxlari özgarişi (5,2 foiz) esa past darajada şakllandi.
Joriy yilning ötgan 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yuqori oşişiga karantin şaroitida birlamçi iste'mol tovarlariga bölgan talabning sezilarli darajada oşişi hamda sentyabr-oktyabr oylarida ayrim tovarlar narxlariga taklif omillari ta'siri bilan izohlanadi. Bunda, oktyabr oyi davomida tuxum (17,7 foizga), ösimlik yoği (11,2 foizga), paxta yoği (13,6 foizga), şakar (9,8 foizga) hamda sabzavot mahsulotlari narxlarida mavsumiy (5,8 foizga) yuqori ösiş kuzatildi.
Göşt mahsulotlari
Joriy yilning dastlabki 10 oyida göşt mahsulotlari narxi respublika böyiça örtaça 15 foizga, şundan, mol göşti 18,2 foizga va qöy göşti 22,1 foizga qimmatlaşdi. Göşt mahsulotlari narxlarini barqarorlaştirişda asosiy e'tibor göşt taklifini oşiriş, xususan, yirik çorvaçilik fermalarini taşkil etiş, çorva ozuqasini arzonlaştiriş hamda göşt mahsulotlari importida raqobat şaroitlarini yaxşilaş va xarajatlarni kamaytirişga qaratilişi lozim.
Şakar
Şakar narxi yil boşiga nisbatan respublika böyiça örtaça 15,7 foizga oşdi va narxlar ösişining asosiy qismi sentyabr-oktyabr oylariga töğri keldi. Jahon bozorida şakar narxining pasayişi hamda şakar eksport qiluvçi asosiy davlatlarda işlab çiqariş hajmining oşişi fonida mamlakatimizga uşbu mahsulotni import qiliş şaroitlarining yaxşilanişi kelgusida şakar narxining barqarorligini ta'minlaşga xizmat qilişi mumkin.
Buğdoy uni
2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida buğdoy uni respublika böyiça örtaça 12,9 foizga qimmatlaşdi. Tahlillar mamlakatimizda va asosiy savdo hamkor davlatlar – Rossiya hamda Qozoğistonda joriy yilgi buğdoy hosilining kutilgandan köproq bölganligini, kelgusida uşbu mahsulot narxining yuqori oşişiga sabab böladigan omillarning yöqligini körsatmoqda.
Guruç
Joriy yilning dastlabki 10 oyida guruç narxi respublika böyiça örtaça 13,2 foizga ösdi. Tadbirkorlar hamda guruç yetiştiruvçi dehqonlar bilan olib borilgan örganişlarda, bu yilgi mavsumda suv tanqisligi kuzatilganligi sababli guruç hosili kutilgan hajmidan sezilarli darajada kam bölganligi qayd etildi. Bu, öz navbatida, kelgusida uşbu mahsulot narxiga ma'lum darajada qöşimça bosimni yuzaga keltirişi mumkin.
Yoğ-moy mahsulotlari
2020 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida yoğ-moy mahsulotlari narxlari respublika böyiça örtaça 20,2 foizga, xususan, ösimlik yoği 23,9 foizga, paxta yoği 24,2 foizga qimmatlaşdi. Yoğ-moy mahsulotlari importida raqobat şaroitlarining yaxşilanişi va yetkazib beruvçilar tarkibining diversifikatsiya qilinişi kelgusida narxlarni pasaytiruvçi omillardan bölib xizmat qilişi mumkin.
Meva va sabzavotlar
Kuzatilayotgan davr mobaynida meva va sabzavotlar narxlari umumiy inflatsiyaga pasaytiruvçi omil sifatida xizmat qilib, yil boşiga nisbatan 3,3 foizga pasaydi. Meva va sabzavotlar narxi yuqori mavsumiylik xarakteriga ega bölib, avvalgi yillardagi trendiga asosan kelgusi oylarda uşbu mahsulotlar narxlarining mavsumiy qimmatlaşişini kutiş mumkin.
Kartoşka
2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida, aholi tomonidan kartoşka mahsulotiga yuqori talab saqlanib qolganligi sababli iste'mol tovarlari orasida eng yuqori ösişni (35,5 foiz) qayd etdi.
Tuxum
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida tuxum narxida sezilarli ösiş kuzatilib, narx özgarişlari, asosan, sentyabr-oktyabr oylariga töğri keldi. Tuxum narxi barqarorligini ta'minlaş masalasi parrandaçilik ozuqa bazasini arzonlaştiriş yönalişida tizimli işlarni amalga oşirişni talab etadi.
Nooziq-ovqat tovarlari
2020 yil yanvar-oktyabr oylarida, nooziq-ovqat tovarlari narxlari respublika böyiça 6,9 foizga oşib (ötgan yilning mos davrida 9,5 foiz), umumiy inflatsiya darajasidan past böldi. Uşbu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari qimmatlaşişiga ta'sir körsatgan asosiy omillar dori-darmon, quriliş mollari, sement, avtomobil uçun yoqilği, yuviş va tozalaş vositalari, kiyim-keçak hamda maişiy texnika vositalari narxlarining qimmatlaşişi böldi.
Dori-darmonlar
Joriy yilning dastlabki 10 oyida dori-darmon vositalari narxlarida yuqori ösiş tendensiyasi kuzatildi. Kuz-qiş mavsumida dori-darmon mahsulotlariga bölgan talabning yuqori darajada saqlanib qolişi şaroitida, kelgusida uşbu mahsulotlar narxlarining oşişi kuzatilişi mumkin.
Quriliş mollari
2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida nooziq-ovqat tovarlari tarkibida quriliş mollari narxi ham yuqori ösişni qayd etdi va respublika böyiça yil boşiga nisbatan 11 foizga qimmatlaşdi. Quriliş materiallari narxidagi özgarişlar, asosan, avgust oyiga töğri kelib, karantin çeklovlarining yumşatilişi natijasida quriliş sohasidagi işlarning kengayişi talabning sezilarli oşişiga sabab böldi. Biroq, qiş mavsumining yaqinlaşişi bilan quriliş işlarining sekinlaşişi quriliş mahsulotlari narxlarda ösiş sur'atlarining pasayişiga olib kelişi mumkin.
Avtomobillar uçun yoqilği
Joriy yilda avtomobillar uçun yoqilği mahsulotlari narxlari jahon bozorida neft narxining pasayişi va uşbu sohaga xorijiy operatorlarning kirib kelişi natijasida raqobat muhitining yaxşilanişi fonida şakllandi. Kuz-qiş mavsumi uçun aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş jarayonining boşlanişi uşbu mahsulot narxiga qöşimça bosimni yuzaga keltirmoqda. Talabning yuqoriligi sababli uşbu mahsulot narxidagi ösuvçi tendensiya kelgusi oylarda ham saqlanib qolişi mumkin.
Maişiy texnika
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida maişiy texnika vositalari narxi respublika böyiça örtaça 4,1 foizga oşdi. Hududlar kesimida, Jizzax viloyatida maişiy texnika vositalari respublikaning boşqa viloyatlariga nisbatan yuqoriroq darajada qimmatlaşdi va 9,8 foizni taşkil etdi. Samarqand hamda Farğona viloyatlarida esa uşbu tovarlar narxlari nisbatan pastroq darajada qimmatlaşib, 2 foizni taşkil etdi.
Xizmatlar
2020 yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynida xizmatlar narxlari respublika böyiça 5,2 foizga qimmatlaşib (ötgan yilning mos davrida 14,2 foiz), umumiy inflatsiya darajasiga nisbatan pastroq böldi. Bunda, xizmatlar sohasida narxlar oşişiga ta'sir körsatgan asosiy omillari sifatida tibbiy xizmatlar, xususan, laboratoriya xizmatlari, yölovçi transporti, yönalişli taksi hamda maişiy xizmatlar narxlarining qimmatlaşişini keltiriş mumkin.
Tibbiy xizmatlar
Pandemiya şaroitida tibbiy xizmatlarga, ayniqsa, tibbiy laboratoriya xizmatlariga bölgan talab keskin ortdi. Pandemiya bilan boğliq noaniqliklarning saqlanib qolişi hamda qiş mavsumida tibbiy xizmatlarga bölgan talabning mavsumiy ortişi natijasida kelgusida uşbu xizmatlar narxlarining yanada qimmatlaşişiga sabab bölişi mumkin.
Yölovçi transport xizmatlari
Kuzatilayotgan davr mobaynida yölovçi transporti xizmatlari narxlari respublika böyiça örtaça 9,9 foizga qimmatlaşdi. Mazkur holat karantin çoralarining qöllanilişi sababli jamoat transporti harakatining çeklanişi oqibatida taksi xizmatlariga bölgan talabning oşganligi bilan izohlanişi mumkin. Kelgusi oylarda yoqilği narxlarining mavsumiy qimmatlaşişi hamda qiş oylarida aholi tomonidan taksi xizmatlariga bölgan talabning oşişi hisobiga, uşbu xizmatlar narxlarida ösiş kuzatilişi mumkin.












