Markaziy bank Özbekiston oltin-valuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020 yil 1 noyabr holatiga köra rasmiy zaxiralar 33,3 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralar 32,4 mlrd dollarni taşkil etdi.
Özbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, şuning uçun deyarli barça miqdor oltin (19 mlrd dollar) va xorijiy valutadagi zaxira aktivlar (13,9 mlrd dollar, oktyabrda - 14,5 mlrd dollar) örtasida taqsimlangan.
Zaxiralar, şu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqçasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy taşqi şok holatlarda zarbani kamaytiruvçi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi şok holatlarning xususiyatiga bevosita boğliq.
Özbekiston 20 oylik importni moliyalaştiriş uçun yetarli zaxiraga ega ekani ma'lum böldi. Bu xalqaro taşkilotlar tomonidan tavsiya etilgan körsatkiçdan köp.












