
Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi xabariga köra, bugungi kunda milliy OTMlar örtasida professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyati böyiça eng yuqori örinni qayd etgan Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetidagi öqituvçilarning 55,1 foizi ilmiy unvon va darajalarga ega, uşbu oliygohda faoliyat olib borayotgan jami 176 nafar öqituvçilardan 29 nafari fan doktori va professor, 68 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega.
Qayd etilişiça, uşbu indikator böyiça navbatdagi örinlarni Özbekiston milliy universiteti (52,7 foiz), Samarqand davlat universiteti (51,3 foiz) egallagan.
Ilmiy salohiyat böyiça eng past körsatkiç Samarqand davlat çet tillar instituti (21,3 foiz), Termiz davlat universiteti (20,7 foiz), Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (20,7 foiz), Farğona politexnika instituti (19,8 foiz) va Qöqon davlat pedagogika instituti (19,4 foiz)da qayd etilgan.
Sönggi bir yil içida milliy OTMlarning asosiy ştatdagi professor-öqituvçilar soni 10,6 foizga, talabalar soni 25,4 foizga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega professor-öqituvçilar 11,0 foizga, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega professor-öqituvçilar 10,1 foizga, dissertatsiya himoyalari (şuningdek, ilmiy darajaga ega bölmay professor ilmiy unvonini yoki dotsent ilmiy unvonini olgan yoki ularga tenglaştirilgan) 41,1 foizga oşgan.
Joriy yilda e'lon qilingan milliy OTMlar reytingi jami 20ta indikator orqali aniqlandi. Professor-öqituvçilar ilmiy salohiyati esa ulardan biri hisoblanadi.
Ta'lim inspeksiyasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyida oliy ta'lim muassasalarining milliy reytingi (2020 yil 1 yanvar holatiga) e'lon qilingandi. Joriy yilgi reytingda Özbekiston milliy universiteti, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toşkent axborot texnologiyalar universiteti, Toşkent davlat agrar universiteti yetakçi örinlarni egallagan.











