2020 yilning 18 noyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Vaşington şahrida AQŞ Xalqaro taraqqiyotni moliyalaştiriş korporatsiyasi (DFC) boş ijroçi direktori Adam Boler bilan uçraşdi.
Uçraşuvda tomonlar A. Bolerning 29 iyun – 1 iyul kunlari Özbekistonga taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayonini muhokama qildilar, şuningdek sanoat, xizmat körsatiş va infratuzilmani rivojlantirişga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va yangi texnologiyalarni jalb qilişda ikki tomonlama şeriklikni yanada çuqurlaştiriş istiqbollarini belgilab oldilar.
Özbekiston tomoni DFC iştirokida Özbekistonda neft-gaz, energetika, kimyo, transport, quriliş, bank, farmatsevtika va boşqa iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdor ekanligini qayd etdi. Şu nuqtayi nazardan, Amerika korporatsiyasi rahbari yirik infratuzilma loyihalarini ilgari surişga yönaltiriladigan Markaziy Osiyo investitsiya jamğarmasini taşkil etişga qiziqişini tasdiqladi.
Afğoniston infratuzilmasini yaxşilaş va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklaş Özbekiston bilan DFC örtasidagi hamkorlikning muhim istiqbolli yönalişi hisoblanadi. Tomonlar joriy yilning may oyida boşlangan «Özbekiston-Afğoniston-AQŞ» uç tomonlama hamkorlik şakli doirasida muloqotni kuçaytiriş zarurligini ta'kidladilar, deyiladi TIV xabarida.












