«2020 yil 21 noyabr soat 19:16larda Qibray tumani, Guliston-3 köçasi, 15-uyda gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir böldi. Çaqnaş oqibatida uyning bir qismi qulab tuşdi, qolgan qismining devorlari va şifti hosil bölgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uçragan.

FVV tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari vaqtida uy vayronalari ostidan soat 19:45da uy egasi X.N oğir ahvolda olib çiqilib, Toşkent şahar 7-sonli klinik kasalxonasiga yotqizildi, olib borilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor soat 20:45da vafot etgan.

Şuningdek, olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari davomida soat 23:06da uy egasining öğli A.A. ning jasadi topildi.

Gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi xonadon yonidan ötgan yer osti gaz quvuridan tabiiy gaz sizib çiqib, xonadonning yertöla qismiga töplanişi taxmin qilinmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Voqea joyiga viloyat hokimligi, FVB, IIB, SSB, prokuratura va boşqa tegişli idoralarning kuç va vositalari jalb etilib, avariya tiklaş va suriştiruv işlari olib borilmoqda.