Kompaniya mikroblarga qarşi Biomaster texnologiyasini işlab çiqqan Addmaster firmasi bilan hamkorlik qiladi. Telefon korpusi aynan şu texnologiya yordamida işlab çiqilgan. Addmaster’ning kumuş negizidagi materialini plastik, qoğoz, mato, böyoq yoki qoplama tarkibiga kiritiş va buning evaziga antibakterial qadoqlar oliş mumkin.  

Koronavirus pandemiyasi vaqtida ayniqsa dolzarb bölgan telefonning narxi 229 funt sterlingni taşkil qiladi. Yangi qurilma 2021 yil boşida sotuvga çiqariladi.

Kumuş ionlari evaziga telefon korpusiga tuşuvçi bakteriyalarning 80 foizi 15 daqiqada, 24 soat içida esa 99,99 foizi yöq böladi. Telefon korpusi suv ötkazmaydi, şu sababli uni heç ham xavotirlanmasdan sovunli eritma bilan yuviş mumkin.

Keyinroq bunday telefonlar modellarini köpaytiriş rejalaştirilgan. Jumladan, kompaniya 380 funt sterlingdan Sat S52, 599 funt sterlingdan esa Sat S62 modellarini çiqarişga va'da bergan.