Exarid.uz portali ma'lumotlariga köra “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020 yilning may oyida Trailblazer LTZ AT avtomobili xarid qilingan va buning uçun 398 mln söm mablağ sarflangan.
Bu ma'lumot böyiça izoh oliş uçun jamiyat matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev bilan boğlandik:
– Jamiyatimiz ehtiyojlari uçun Trailblazer avtomobili xarid qilingani rost. Lekin bu avtomobil aynan qança mablağ evaziga sotib olinganidan bexabarman. Bu avtomobil hozir özimizda turibdi. Bu avtomobil uzoq manzillarga xizmat safarlari uçun möljallangan. Jumladan Sirdaryo, Sardobada amalga oşirilgan işlarda undan foydalanildi.
Ma'lumot uçun: 24 noyabr kuni OAV uçun ayni şu jamiyat tomonidan uyuştirilgan press-turda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonov hozirgi kunda Özbekiston aholisining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trillion sömdan ziyodni taşkil etayotgani, bu holat sohaga özining salbiy ta'sirini körsatayotganini bildirgan.
Özbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori 3,5 trillion sömni taşkil qilmoqda











