Prezident matbuot xizmatining xabar berişiça, kadrlarni özgartiriş töğrisidagi farmon bugun, 24 noyabr kuni imzolangan.
Jumladan, Toğli Badaxşon avtonom viloyati ma'muriy markazi Xoruğ va mamlakat şimolida joylaşgan Isfara şahri hokimlari, Rudakiy, Şahrinav, Fayzobod, Möminobod tumanlari rahbarlari öz lavozimidan böşatilgan. Ularning örniga yangi rahbarlar tayinlangan.
Xabar qilinişiça, Kişvar Şamirov boşqa işga ötişi munosabati bilan Xoruğ şahri rahbarligidan ozod etilgan. Alişer Mirzonabot şu şahar rahbari vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar, u Toğli Badaxşon avtonom viloyati rahbari örinbosari vazifasida işlab kelgan.
Akram Sulaymonzoda boşqa işga ötganligi sababli Isfara şahri hokimi lavozimidan ozod etilgan. Bahovaddin Bahodurzoda şu şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.
Boşqa işga ötişi munosabati bilan Rustam Akramzoda Rudakiy tumani rahbarligi lavozimidan ozod etilgan. Ismatzoda Azizullo Ubaydullo uşbu tuman rahbari etib tayinlangan.
Şahrinav tumani rahbari Nusratullo Ayubzoda boşqa işga ötganligi sababli lavozimidan ozod etilgan. Uning örniga Jabbor Nosirzoda tayinlangan.
Mirali Rajabzoda boşqa işga ötişi munosabati bilan Fayzobod tumani rahbari lavozimidan ozod qilingan. Uning örnini Bobişo Xolzoda egallagan. Uşbu şaxs tayinlovga qadar Tojikiston prezidenti huzuridagi ijro apparatida qişloq xöjaligi va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi rahbari lavozimida işlagan.
Xatlon viloyati Möminobod tumani rahbari Tohirxon Amirşozoda lavozimidan ozod etilgan. Uning örniga Lutfiya Şarifzoda tayinlangan.
Şuningdek, prezident farmoni bilan Abdufayoz Abdujabbor sudya lavozimida işlaş yoşi muddati tugagani uçun Konibodom şahar sudi raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Bundan taşqari, Imomali Rahmon Tojikistondagi törtta universitet rektorini ham almaştirgan.
Muxtor Fozilzoda boşqa işga ötişi munosabati bilan Tojikiston kon-metallurgiya instituti rektori lavozimidan ozod etilgan. Uning örnini Mahmadali Baxtiyor Nabi egallagan.
Şuningdek, boşqa işga ötişi munosabati bilan Tojikiston davlat tillari instituti rektori Rajabzoda Mahmadullo vazifasidan ozod etilgan. Uning örniga Jilo Gulnazarzoda tayinlangan.
Tojikiston Energetika instituti rektori Xayrullo Nazarzoda lavozimidan ozod etilgan. Uning örniga Dilovarşoh Isozoda tayinlangan.
Şermamad Jonmamadov nafaqaga çiqqanligi sababli Xorog universiteti rektori lavozimidan ozod etilgan. Uning örniga Gulzorxon Yusufzoda tayinlangan.
Azizullo Ismatzoda boşqa işga ötişi munosabati bilan hukumat huzuridagi Örmon xöjaligi agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.












