Içimlik suvini hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş xizmatlari böyiça sustkaşliklar kuzatilayotgani haqida iste'molçilardan köp sonli murojaatlar kelib tuşmoqda. «Özsuvta'minot» AJ bu borada tuşuntiriş berdi.
«Ma'lumki, 2019 yil 20 avgustda Vazirlar Mahkamasining «Yuridik va jismoniy şaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunalarini (hisoblagiçlarni) yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror kuçga kirgandan buyon içimlik suvi hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkaziş uçun jami 76 mingdan ziyod murojaat davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilingan bölsa, bugungaça ulardan 32 mingdan ziyodi yoki 42 foizi qanoatlantirilgan. Vaholanki, uşbu körsatkiçga ham «Özsuvta'minot» AJning hududiy suv ta'minoti korxonalarining bor imkoniyatlarini işga soliş hisobiga erişilmoqda. Murojaatlarning öz vaqtida qanoatlantirilişida keçikişlar yuzaga kelayotganiga esa quyidagi sabablar bor.
Bugungi kunda suv ta'minoti korxonalarining respublika böyiça jami filiallar soni 199 tani taşkil etadi. Agar Toşkent şahri misolida olinsa, bevosita suvni hisobga oliş uskunasini yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatişga tegişli vakolati (sertifikati) bor xodimlarimiz soni 20 nafarni yoki hisoblagiç örnatilgan har 31962 nafar abonentimizga 1 nafarni taşkil etadi. Boşqa hududlarda ham ayni yönalişda faoliyat olib borayotgan xodimlarimiz soni yetarli darajada emas.
Uşbu xodimlarimiz «Özstandart» agentligining respublikamiz böylab 17 ta bölimi va çekka hududlardagi 43 ta metrologik xizmat körsatiş markazlari bilan işlaydi. Körinib turibdiki, hozirda xodimlar tanqisligi, laboratoriyalar yetişmasligi, ba'zi hududlarda ularning ta'minotçi korxonadan uzoq masofada joylaşgani xizmatlarni körsatişda kuzatilayotgan keçikişlarga olib kelmoqda.
Tabiiy savol tuğiladi: xodimlar sonini köpaytirişga nima xalaqit beradi? Javob topişga harakat qilamiz. Amaldagi tartibga muvofiq, içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunasini yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça davlat xizmatlari körsatiş uçun jismoniy şaxslardan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 foizi (44 600 söm), yuridik şaxslardan bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari (334 500 söm) miqdorida yiğim undiriladi va mazkur xizmatga aloqador taşkilotlar kesimida taqsimlanadi.
Jumladan, ta'minotçi korxona misolida olinsa, har bir uskuna uçun yiğimdan jismoniy şaxslar böyiça 8920 söm, yuridik şaxslar böyiça 66 900 söm hududiy suv ta'minoti korxonalariga kelib tuşmoqda. Amalda esa uşbu xizmatlar xarajatlari 3–4 baravar qimmatga aylanmoqda. Xususan, uskunani yeçiş, örnatiş işlari, yöl va boşqa xarajatlar miqdori jismoniy şaxslar uçun 43 551 söm, yuridik şaxslar uçun esa hisoblagiçlarning ölçamiga qarab 90 747 sömdan 240246 sömgaça taşkil qilmoqda.
Bu vaziyatda ta'minotçi korxonalar iqtisodiy zararga kirib, xarajatlarni qoplaş maqsadida mehnat resurslarini qisqartirişga majbur bölmoqda. Ammo bu suv hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkazişda yuzaga kelayotgan keçikişlar bartaraf etilmaydi, degani emas. Bugungi kunda suv hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkazişda davlat xizmatlarini körsatiş tartiblarini takomillaştiriş böyiça «Özsuvta'minot» AJ tomonidan tegişli hisob-kitoblar va takliflar tayyorlanmoqda. Şuningdek, hududiy suv ta'minoti korxonalari tasarrufida metrologik xizmat körsatiş laboratoriyalarini taşkil etiş orqali xizmat körsatiş muddatlarini qisqartiriş masalasi ham örganilmoqda», – deyiladi «Özsuvta'minot» AJ axborotida.












