«Eko Nom» va «Novator» rusumli suv hisoblagiçlaridan foydalaniş taqiqlandi, deb xabar berdi «Özsuvta’minot» AJ Axborot xizmati rahbari.
Qayd qilinişiça, «Novator LK» turidagi hisoblagiçlar 2018 yilda amalda bölgan GOST 6019-83 davlatlararo standart talablariga muvofiq sinovdan ötkazilgan va 02.3644-18-son bilan davlat reyestriga kiritilgan. Uşbu hisoblagiçga berilgan sertifikat muddati 2023 yil 30 avgust kuni tugagani bois amalda emas.

«Eko Nom» rusumli hisoblagiçlar 2016 yil 30 iyunda davlat reyestriga kiritilgan bölib, 2020 yil 10 iyulda («Eko Nom SV» turidagi hisoblagiçlar uçun 2024 yil 29 noyabrga qadar amal qiliş muddati tugagan. Ta’kidlanişiça, hozirgi vaqtda mazkur hisoblagiçlar amaldagi milliy standart talablari böyiça sinovdan ötkazilmagan.
«Özsuvta’minot» AJ Axborot xizmati rahbari fuqarolar tomonidan hozirgi vaqtda işlatilayotgan bunday rusumli hisoblagiçlar taqdiri nima bölişiga aniqlik kiritmadi.
Özbekiston hududida foydalanişga ruxsat etilgan suv hisoblagiçlar röyxati bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin.













