30 noyabr kuni Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Özbekiston Yoşlar ittifoqi Toşkent şahar bölimi bilan hamkorlikda taniqli olim şayx Abdulaziz Mansur hazratlarining «Koran. Kratkiy kommentariy» (Qur'oni karim oyatlari ma'nolarining rus tilidagi tarjimasi) kitobi taqdimoti ötkazildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Tadbirda sözga çiqqanlar Qur'oni karimning başariyat uçun beqiyos va mukammal manba ekani, u dasturulamal sifatida insonlarni oila va jamiyatda poklik, halollik, töğrilik va samimiyat ruhida tarbiyalaşi, şu bois barça musulmon xalqlari uni öz ona tilida öqişni xohlaşini ta'kidladilar, özbek olimining Qur'oni karim ma'nolarini rus tiliga tarjima qilişi mamlakatimizdagi bağrikenglik siyosatiga hamohangligi, uşbu xayrli iş xalqimizning rusiyzabon vakillari, diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan rusiyzabon talaba va tadqiqotçilar uçun ayni muddao bölgani alohida qayd etildi», – deyiladi xabarda.

Ayni paytgaça Qur'oni Karimning ma'nolari xorijda va Rossiyada rus tiliga 16 marotaba tarjima qilingan. 2018 yilda Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub «Tafsiri hilol» kitobi ham rus tilida e'lon qilindi.

Ma'lum qilinişiça, şayx Abdulaziz Mansur hazratlari Qur'oni karimning qisqa şarhli arabça matnini töğridan töğri rus tiliga tarjima qilgan. Uning tahririga filologiya fanlari doktori Gulxumor Töyçiyeva, tarix fanlari doktori Ahadjon Hasanov, professor Ubaydulla Uvatovlar jalb qilingan.