Press-tur iştirokçilari dastlab, şaharning Boğiston köçasi hududida bunyod etilayotgan Milliy hunarmandçilik va turizm markazining quriliş jarayonlari bilan tanişdi.

Markaz qurilişiga mas'ul bölgan quruvçi Anvarjon Ehsonovning ma'lum qilişiça, majmuaning umumiy maydoni 17 gektarni taşkil qiladi. Bu yerda savdo, xizmat körsatiş, hamda 34ta hunarmandlar rastasi barpo etilmoqda. Şuningdek, bu yerda turizmni rivojlantiriş maqsadida Örda majmuasi, 80 örinli mehmonxona, hunarmandlar saroyi, 4 gektar yer maydonida esa bolalar uçun yozgi oromgoh quriladi.
Majmuaning boş rejasida hududda hunarmandlar uçun uy-joy quriş ham közda tutilgan. Majmua 2021 yilning avgust-sentyabr oylarida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilmoqda.

Qöqon şahrining Şohruxobod köçasida çin yetimlar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar uçun qurilayotgan köp qavatli uy-joylarning quriliş obekti media tur iştirokçilarining navbatdagi manzili böldi.

Har biri 40 xöjalikka moslaşgan 2ta köp qavatli mazkur uylar 5 qavatdan iborat böladi. Quruvçilarning ma'lum qilişiça, uy-joy saxovatpeşa qöqonliklarning homiylik va xayriya mablağlari hisobiga barpo etilmoqda. Quriliş işlari yakunlangaç, uy-joylar birinçi navbatda şahardagi mehribonlik uyida tarbiyalanib çiqqan çin yetimlarga bepul beriladi.
Jurnalist va blogerlar Qöqon şahrida faoliyat olib borayotgan «Zumrud» tekstil korxonasi faoliyati bilan ham tanişişdi.

Press-tur yakunida Qöqon şahri hokimligida şahar hokimi Ma'rufjon Usmonov iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.

Unda jurnalist va blogerlar şahardagi obodonlaştiriş, quriliş-bunyodkorlik, soğliqni saqlaş, ta'lim, tadbirkorlik faoliyati, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari böyiça özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişdi.
Fayzullo Sultonov, Kun.uz muxbiri











