Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining:
şaxslar örtasida muloqot vositasi sifatida işlatiladigan özbek imo-işora tilini yanada rivojlantiriş maqsadida uning huquqiy maqomini va qöllaş sohasini belgilaş;
nogironligi bölgan şaxslar, şu jumladan katta yoşdagilarning savodxonligini oşiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlar, şuningdek tumanlar (şaharlar) markazlarida umumiy örta ta'lim muassasalari negizida imo-işora tili va Brayl alifbosini örgatiş böyiça maxsus kurslar taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar şaxslar örtasida muloqot vositasi sifatida işlatiladigan özbek imo-işora tilini yanada rivojlantirişning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- özbek imo-işora tilining imkoniyatlari çeklangan va soğlom insonlar örtasidagi muqobil muloqot vositasiga aylantirilişini ta'minlaş;
- özbek imo-işora tilini kelgusida yanada rivojlantiriş yuzasidan istiqboldagi rejalarni prognozlaş orqali uni takomillaştiriş böyiça dasturlar işlab çiqiş;
- özbek imo-işora tilining alifbosini yaratiş va takomillaştiriş, imkoniyatlari çeklangan şaxslarning alifbo asosida bilim olişlariga keng imkoniyatlar yaratiş;
- özbek imo-işora tili asosida öqitiladigan ta'lim turlariga qöyiladigan davlat ta'lim standartlari va davlat talablarini qayta körib çiqiş va takomillaştiriş;
- ta'lim muassasalaridagi öquv-tarbiya jarayoniga özbek imo-işora tilini öqitişning zamonaviy ilğor şakllarini hamda ta'lim-tarbiyaning samarali şakllari va usullarini joriy etiş;
- mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilğor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda yangilangan öquv rejasi va dasturlariga muvofiq işlab çiqilgan imo-işora tili böyiça öquv-metodik adabiyotlar yaratilişi va naşr etilişini taşkil qiliş;
- özbek imo-işora tilining jamiyatdagi mavqeyini oşiriş orqali imkoniyati çeklangan şaxslarning ijtimoiy-mehnat könikmalarini hosil qilişiga va jamiyatga uyğunlaşuviga kömaklaşiş.
Belgilab qöyilişiça:
- özbek imo-işora tili eşitişi va nutqida oğir nuqsoni bölgan şaxslar hamda ular bilan soğlom şaxslar örtasida muloqot tili sifatida Özbekistonning butun hududida tan olinadi;
- mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar, barça korxonalar, taşkilotlar va muassasalarda özbek imo-işora tilidan muloqot tili sifatida foydalaniş uçun şart-şaroitlar yaratiladi;
- özbek imo-işora tili şaxslar örtasidagi muloqot tili sifatida tegişli ma'lumot va ixtisoslikka ega bölgan mutaxassislar tomonidan özbek va boşqa xorijiy tillarga tarjima qilinişi mumkin.
Xalq ta'limi vazirligi lotin yozuvidagi özbek imo-işora alifbosini işlab çiqadi hamda 2021/2022 öquv yilidan boşlab imkoniyati çeklangan bolalar uçun ta'lim muassasalarining öquv jarayoniga joriy etadi.
Xalq ta'limi vazirligi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 öquv yilidan boşlab:
- korreksion pedagogika va defektologiya sohasida pedagog kadrlarga bölgan real ehtiyojlardan kelib çiqib, zarur ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya) böyiça qabul kvotalarini oşiriş;
- hududlarning defektologiya sohasida pedagog kadrlarga bölgan ehtiyojlarini ta'minlaş maqsadida defektologiya ta'lim yönalişlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari uluşini oşiriş orqali maqsadli qabulni taşkil etiş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritadi.












