Turkmaniston davlat axborot agentligining ma'lum qilişiça, Xavfsizlik kengaşi kotibi Çarimirat Amanov mamlakat rahbariga yangi majmua va unda huquq-tartibot idoralari tomonidan maxsus amaliyot vaqtida musodara qilingan giyohvand moddalarni yoqişga tayyorlanayotgani haqida sözlab bergan.

Şundan keyin Berdimuhamedov va Xavfsizlik kengaşi a'zolari maxsus peçda bir neçta öram giyohvand moddalarni yoqib yuborişgan. Tadbir davomida umumiy hisobda 122,5 kgdan köproq giyohvand modda yöq qilingan.

Ta'kidlanişiça, majmuada giyohvand moddalarni yöq qiliş uçun uçta peç örnatilgan bölib, ularda ilğor texnologiyalar qöllangan va ular ekologiya hamda odamlar uçun xavfsiz hisoblanadi.