«Bugun Madaniyat vazirligi tomonidan Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida Özbekiston xalq artisti Xayrulla Sa'diyevning 80 yillik yubileyi nişonlandi.
Tadbirda xalqimizning sevimli aktyori Xayrulla Sa'diyev Özbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Xayrulla Sa'diyev Respublika Yoş tomoşabinlar teatrida ijodiy faoliyatini boşlagan, teatr sahnasida «Revizor», «Etik kiygan muşuk», «Şum bola» kabi önlab spektakllarda yodda qolarli rollarni ijro etgan.
U kino olamida ham samarali mehnat qilib keladi. «Töylar muborak», «Çinor», «Alpomiş», «Çaşma», «Ötov», «Şaytanat» kabi köplab badiiy filmlardagi rollari bilan minglab muxlislar olqişiga sazovor bölgan.







