Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Xalqaro olimpiya qömitasining respublika milliy olimpiya qömitasi rahbariyati, şuningdek, uning öziga nisbatan sanksiyalar joriy etiş töğrisidagi qarori böyiça sudga murojaat qilişini aytdi.

 "Sudga murojaat qilişimiz kerak. (XOQ prezidenti Tomas) Bax va uning tödasi aybim nima ekanligini aytsin. Aybim, mamlakatimni himoya qilayotganimmi?" – deya Lukaşenkodan iqtibos keltirmoqda BelTA agentligi.

 Belarus prezidenti Olimpiada tadbirlarida qatnaşişni rejalaştirmagani, ammo XOQ qaroridan norozi ekanligini bildirdi.

"25 yildan beri bu tadbirlarda qatnaşmayman, bundan keyin ham qatnaşmayman. Ammo sizlar nima, barça mamlakatlarni töplab qaror qabul qildingizmi?" – deb qöşib qöydi u.

 Lukaşenko özi yuritayotgan siyosatni odilona deb atadi.

"Dunyoda adolat yöq. Agar odilona siyosat olib borsang – duşmanga aylanasan", - dedi Belarus prezidenti.

 Duşanba kuni Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax Belarus Milliy olimpiya qömitasi rahbarlariga taşkilotning barça tadbirlarida qatnaşiş taqiqlanganini ma'lum qildi. Uşbu çora hozirça vaqtinçalik tusga ega bölib, milliy olimpiya qömitasi rahbariyatiga navbatdagi saylov bölib ötadigan 2021 yil fevralgaça amal qiladi,

 XOQ qaroriga köra, MOQ prezidenti Aleksandr Lukaşenko va uning öğli, qömita vitse-prezidenti Viktor Lukaşenko hamda ijroiya qömitasi a'zosi Dmitriy Baskov Olimpiada bilan boğliq tadbirlarda qatnaşa olmaydi.

 Navbatdagi Olimpiada öyinlari 2021 yil yozda Tokioda bölib ötadi. Öyinlar koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga keçiktirilgan.