Diyego Maradonaning ölimidan söng u xayriya maqsadlari uçun katta pul sarflagani ma'lum böldi, deb xabar bermoqda  America TV. Futbol yulduzi har oyda qarindoşlari va tanişlariga 10 mln argentina pesosi (100 ming yevro) miqdorida pul jönatib turgan.

 Diyego şu tarzda, Argentina va mamlakat taşqarisidagi 50ta oilani qöllab-quvvatlab kelgan.

Jurnalistlarning yozişiça, hozirda bu oilalar har oylik moddiy kömakdan mahrum bölişgan, çunki Maradonaning vafotidan söng uning barça hisobraqamlari muzlatib qöyilgan.

 Afsonaviy futbolçi 25 noyabrda 60 yoşida yurak xurujidan vafot etdi. U poytaxt yaqinida joylaşgan Tigr şahridagi uyida miyasida ötkazilgan jarrohlik operatsiyasidan keyin tiklanayotgan bölgan.  

 26 noyabrda prezident qarorgohida Maradona bilan vidolaşiş marosimi bölib ötgan. Futbolçi Buenos-Ayres yaqinidagi qabristonda ota-onasi qabrlari yoniga dafn etildi.