Şveytsariyada koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşişga qaratilgan çeklov çoralariga rioya qilmaganlik uçun jarimalar joriy etildi. Bu haqda "Maten" naşri xabar bermoqda.

Qarorga köra, jamoat joylarida niqob taqmaganlik uçun 250 şveysar franki (230 yevro) jarima belgilandi.

Karantin yoki izolyatsiya rejimida bölgan şaxs uşbu rejimni buzgan taqdirda, 1500 frankkaça (1390 yevro) jarima tölaşiga töğri keladi.

Jarimalar Şveytsariya prokurorlari konferensiyasida belgilandi. 

Şveytsariyada oktyabr örtalaridan jamoat joylarida niqob taqiş majburiy etib belgilangandi. Iş beruvçilarga öz xodimlarini masofadan işlaş rejimiga ötkaziş tavsiya etilgan.

Pandemiya boşlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 350 mingta holat qayd etilgan, 5,4 mingdan ortiq bemor vafot etgan.