«Yuve» mavsumdagi eng yaxşi öyinini ötkazdi
G guruhi
«Barselona» — «Yuventus» — 0:3 (Kriştianu Ronaldu, 13, penaltidan, 52, penaltidan. Makkenni, 20).

Ötgan ön yillik davomida Messi va Ronaldu qarama-qarşiligi ispan çempionati va butun dunyo futboli bezagiga aylangan, ikki futbol dahosining ğayrioddiy imkoniyatlari barçani hayratlantirib kelgandi. Ikki yilu yetti oy ikki kunlik tanaffusda nafaqat millionlab muxlislar, bu ikki yulduzning özi ham bir-birini soğinib qolişdi. Şu darajadaki, «Barselona» va «Yuventus» muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilib ulgurgan bölsa-da, bu azaliy raqiblarning birortasi natijasi ahamiyatsiz bölgan öyinda ta'til oliş haqida öylab ötirmadi. Qolaversa, jamoalarning guruh bosqiçi doirasidagi Turindagi birinçi öyinini Ronaldu koronavirusga çalingani tufayli ötkazib yuborgandi.

Futbol mezonlari böyiça Leo va Kriştianu keksaygan, ammo baribir ularning navbatdagi uçraşuvi ularning ikkisi uçun ham hozirgidek murakkab davrda va noqulay şaroitda bölişini heç kim kutmagandi. Argentinalik futbolçi tez orada öz kelajagi borasida qaror qabul qilişi kerak, çunki hozirgi jamoasi bilan holati havas qilgulik emas. «Barselona» içki çempionatda ötgan turda debyutant «Kadis»ga yutqazib qöydi va la ligada töqqizinçi öringa tuşib ketdi - jamoani «xavfli hudud»dan atigi uç oçko ajratib turibdi. Portugaliyalik futbolçining ham «Yuventus»dagi istiqboli tuman içida, u Andrea Pirloning talablariga böysunişni istamayapti. Turin derbisida qiyinçilik bilan ğalabaga erişildi, köplab muxlislar hozirda Çempionlar ligasi kubogi haqida emas, skudettoni saqlab qoliş haqida köproq öylaşmoqda.

Lekin Messi va Ronaldu töqnaşuvi — öziga xos derbi. Bu barçasini bir çetga surib qöyiş mumkin bölgan öxşaşi yöq hodisadir. Bu öyinda deyarli heç kim beş oylik tanaffusdan keyin nihoyat maydonga qaytgan va yaqin kelajakda «Yuventus»ga ötadigan Umtitiga e'tibor qaratmadi. Axir bu kimga ham qiziq, maydonda boşqa unikal futbolçilar turganida? Ular professional faoliyati davomida 700dan ortiq gol urgan va hali ham faoliyatini davom ettirayotgan ikki futbolçidir, hozirgi futbolçilar orasida faqatgina ular YeÇL öyinlarida uçta raqam bilan ifodalanadigan gollar urişgan.

Hakam huştagi yangraşidan oldin Leo va Kriştianu bir-birini quçoqlab suratga tuşişi — bu oqşomning asosiy kadri edi. Öyin ilk daqiqalardanoq «Yuve» taşabbusi bilan boşlandi. Öyindagi birinçi zarbani portugaliyalik yulduz berdi va bu zarba ter Ştegenni ter tökişga majbur qildi. Bir neça daqiqa ötib mezbonlar himoyaçisi Arauxo va Ronaldu örtasidagi yakkakuraşdan keyin arbitr «nuqta»ni körsatdi. Bu vaziyatda yaqqol qöpollik körinmadi, ammo tarixda bu emas, Kriştianu YeÇLda «Barsa» darvozasiga ilk marta gol urgani qoladi. Bu uning asosiy yevrokubokda kataloniyaliklarga qarşi ötkazgan oltinçi öyini edi, u bu jamoa darvozasiga boşqa turnirlarda jami 18 gol urgan.

Öyin goldan keyin ham mehmonlar ustunligida keçdi. Kataloniyaliklar «Kamp Nou»da Buffonni qanday qilib hayron qoldiriş yölini qila olişmadi. Jiji Messining  öziga xos yerlatib berilgan kuçli zarbasini qaytardi, bu vaqtda «Yuve» hisobdagi farqni ikkitaga oşirib bölgandi. Makkenni va Kuadrado xuddi maşğulotlar vaqtidagidek ikki pas bilan raqib himoyasini doğda qoldirişdi. Şunday qilib kök-anorranglilar Çempionlar ligasida ilk marta öyinning 20-daqiqasiga keliboq ikki gol ötkazişdi, albatta, «Bavariya»dan qabul qilib olingan 2:8 hisobidagi mağlubiyat oldida bu hayron qolgulik voqea emas.

Ikkinçi bölim boşida ter Ştegen jamoasini Remsining ayyorona va kuçli zarbasidan qutqarganida mezbonlar yengil tin olişgandi. Ammo vaziyatga videohakamlar aralaşdi - videotakrordan keyin «Barsa» himoyaçisi Klement Langle töpni qöli bilan öynagani ma'lum böldi, «Kamp Nou»da Ronaldu ikkinçi golini nişonladi. Portugaliyalik futbolçi uçun bu klub miqyosidagi 650-gol böldi. Bu nafaqat kök-anorranglilar öz maydonida 3:0 hisobida taslim etilişi edi, bu natija «Yuve» guruhda birinçi örinni egallaşini ta'minladi, birinçi davradagi öyinda Messining penaltidan urgan goli va golli uzatmasi katalonlarga safarda ğalaba taqdim etgandi (2:0). Javob uçraşuvida vaziyatni önglaşi uçun turinliklarga 3:0 hisobidagi ğalaba kerak edi va şunday böldi ham. Bu safar 42 yoşli Buffonga gol urib bölmadi, öyinning 73-daqiqasida hakam uning darvozasiga penalti ham qöygandi, ammo Leo töpni tepişga ulgurmadi, Grizmann de Ligtning qöpolligidan oldin ofsaydga tuşib qolgani ma'lum böldi. Muxlislar jang kutişgandi, maydonda esa «Barselona» ilojsiz qoldi, bu jamoa şu öyinga qadar 2013 yildan buyon 38 öyin davomida YeÇL doirasida uyida yutqazmagandi. Ronaldu kelguniça.

Messi esa öyin davomida 7 marta darvoza sohasiga zarba berdi - Opta ma'lumotiga köra, YeÇLda 2003/04 yilgi mavsumdan buyon bunça aniq zarbadan bitta ham gol bölmagan holat kuzatilmagandi.

«Dinamo» K — «Ferensvaroş» — 1:0 (Popov, 60).
Vengrlar jamoasini boşqarayotgan Sergey Rebrov özi uçun jonajon bölgan klubni Yevropa bahorisiz qoldira olmadi. Mirça Luçesku yana bir marta «Dinamo»ga taklif etilişi xato bölmaganini körsatdi.

Sulşerning qörqinçli tuşi

N guruhi
«Leypsig» — «Mançester Yunayted» — 3:2 (Anxelino, 2. Aydara, 13. Klayvert, 69 — Brunu Fernandeş, 80, penaltidan. Pogba, 82).

Parijda irqçilik mojarosi bilan öralaşib qolişganida Leypsigda guruh omadsizi nomi aniq bölib ulgurdi, «ölim guruhi»dan nemislar va fransuzlar omon çiqadigan bölişdi. Bir tomonda bu mavsumda öz maydonida yutqazmayotgan nemislar, ikkinçi tomonda safarda a'lo darajada öyin körsatayotgan «MYu». «Qizil iblislar» barça turnirlar doirasida safardagi sönggi töqqiz öyindan sakkiztasida ğalaba qozonişdi, faqat öz ahmoqliklari tufayli YeÇL doirasida «Istanbul»ga safarda mağlub bölişdi. Agar bu qoqiliş bölmaganida, inglizlar sönggi turni rasmiyatçilik uçun ötkazgan bölişardi. Buning örniga jamoa hal qiluvçi öyinga asosiy futbolçilari - jarohatlanib safdan çiqqan Marsiyal va Kavanisiz taşrif buyurişga majbur böldi. Qolaversa, mojaroli Mino Rayola aynan şu öyin arafasidagi sözlari bilan barçaning könglini xira qildi. Pogbaning agenti yana bir marta öz mijozi kelajagini «MYu»da körmayotgani va yaqinda «Yuventus»ga qaytişi haqida aytib çiqdi.

Fransuz futbolçisi sönggi vaqtlarda juda kam maydonga tuşmoqda va uning tarkibda yöqligi bilinmayapti. Anxelinoning tezkor goli, uning jarima maydonida böş qoldirilişi jiddiy muammo. Bu hali muammolarning boşlanişi edi. Köp ötmay uşbu ispaniyalik Aydarani golli pas bilan ta'minladi, agar VAR bölmaganida 30-daqiqadayoq hisob yirik körinişga kelgan bölardi - Zabitserning goli bilan yakunlangan hujum vaqtida Konate zarba beriş vaqtida ofsaydda qolgani ma'lum böldi. Ole Gunnar Sulşer Yulian Nagelsmanning uç markaziy himoyaçi bilan öynaş sxemasini takrorlaşga urinişi iş bermadi, tanaffusda norvegiyalik mutaxassis Aleks Telles örniga yarimhimoyaçi van de Bekni tuşirdi.

Birinçi bölimda 15 marta töp yöqotgan braziliyalik himoyaçi almaştiriş uçun birinçi raqamli nomzod edi. Usiz ham «MYu» hujumlar uyuştirdi, Brunu Fernandeşning jarima nuqtasidan yöllagan zarbasi darvoza tösinidan qaytdi, golga bir neça santimetr yetmadi. Ikkinçi bölimda öyinga qöşilgan Klyuyvert esa de Xeani doğda qoldirib, hisobni yirik körinişga keltirdi. Ammo öyin natijasi aniqdek köringan vaqtda «qizil iblislar» ikki gol urib, öyinda intriga hosil qilişdi. Gollardan birini Fernandeş penaltidan urdi, ikkinçisi öyinga zaxiradan qöşilgan Pogba nomiga yozildi, ammo Sulşer futbolçilik vaqtidagi kabi möjiza röy bermadi. Parijdagi öyin natijasidan qat'i nazar «Mançester» Yevropa Ligasiga tuşib ketdi, ötgan mavsum yarimfinalçisi «Leypsig» esa «PSJ» bilan birga guruhdan çiqadi.

Parijdagi «PSJ» va «Istanbul» örtasidagi öyin boşida irqçilik mojarosi yuzaga kelib, öyin 16-daqiqada töxtatildi. Törtinçi hakam irqçilik ruhidagi söz işlatgaç, turklar jamoasi maydonni taşlab ketdi.

Hodisa iştirokçilari törtinçi hakam, ruminiyalik Sebastyan Kolsesku, istanbulliklar jamoasi hujumçisi Demba Ba va turklar jamoasi murabbiylaridan biri Per Vebo bölişdi. Versiyalardan biriga köra, Kolsesku Veboni «qora» deb atagan, şundan keyin «Istanbul» forvardi Demba Ba referining oldiga çopib kelgan va keskin norozilik bildirgan. Boşqa versiyaga köra, Kolsesku Bani haqoratlagan va uni «qora yigit» deb atagan, Ba va Vebo uning bu harakatiga norozilik bildirişgan. Yakunda boş hakam Ovidiu Xatsgan murabbiyga bahslaşuv uçun qizil kartoçka körsatgan.

«Istanbul» töliq tarkibda kiyim almaştiriş xonasiga yöl oldi. Ularning ortidan parijliklar klubi ham maydonni tark etişdi. Öyin delegatlari futbolçilarni maydonga qaytişga köndirişga urinişdi, ammo muzokaralar naf bermadi.

«Istanbul» klubining tvitterida şunday yozuv paydo böldi: «Irqçilikka yöq deymiz».

Köp ötmay internetda arbitrlar guruhining sözlaşuvi rasşifrovkasi paydo böldi. «Qora yigit, örindiqdagi. Borib tekşir, kim u. Öşa qora, özini bunday tutmasligi kerak», — degan Kolsesku boş arbitrga.

Baning sözlari ham rasşifrovka qilingan. Qisqaça aytganda, u şunday degan: «Axir sen «bu oq yigit demaysan», şunçaki «bu yigit deysan. Nega meni negro deyapsan?!»

Tvitterda «Istanbul»ni Istanbulning boşqa jamoalari ham qöllab-quvvatlaşdi — «Beşiktoş» va «Galatasaroy».

Istanbuldagi uçinçi superklub — «Fenerbahçe» — öz vaqtida klubda töp surgan Veboni qöllab-quvvatladi.

«Irqçilikka yöq deymiz. Vebo, biz sen bilan», — deya fikr qoldirgan parijliklar hujumçisi Kilian Mbappe öyindan keyin.

Öyin boşlangan vaqtdan ikki soat ötib UYeFA matbuot xizmati hodisa yuzasidan bayonot berdi: «UYeFA YeÇL doirasida «PSJ» va «Istanbul» örtasidagi öyinda bölgan voqeadan xabardor qilindi. Biz sinçkovlik bilan tekşiruv ötkazamiz. Futbolda irqçilik va diskriminatsiyaga örin yöq».

Telefoot naşrining fransuz jurnalistlari Kolseskuning özidan izoh olişgan: «Negru» ruminçasiga «qora» degani, men irqçi emasman», — degan arbitr.

Öyin avvaliga yarim tunda davom ettirilişi kutilgandi, ammo Kolseskuning örniga boşqa hakam topilganiga qaramay öyin şu kuni davom ettirilmadi.

Öyin bugun Toşkent vaqti bilan soat 22:55da 13-daqiqadan davom ettiriladi. Öyinni Denni Makkeli boşçiligidagi niderlandiyalik va polşalik hakamlar boşqarib borişadi.

«Latsio» halokat yoqasida qoldi
F guruhi
«Latsio» — «Bryugge» — 2:2 (Korrea, 12. Immobile, 27, penaltidan — Former, 15. Fanaken, 76).
«Zenit» «Borussiya»ga yutqazayotgan mahal, rimliklar kuçli yomğir ostida öynayotgan va durang hisobni saqlab qoliş haqida öylaşayotgandi. «Bryugge» «burgutlar»ning birinçi goliga tezda javob qaytarişdi, lekin mezbonlar tezda ustunlikni öziga qaytardi. Faqat ğalaba qoniqtiradigan belgiyaliklardan omad yuz ögirdi, ikkinçi sariq kartoçkani olgan ukrainalik himoyaçi Sobol maydondan çetlatilib, mehmonlar 10 kişi bölib qolişdi. «Oltin butsa» egasi Immobile penaltidan unumli foydalanib, YeÇLda bir mavsumdagi ilk tört öyinida qatorasiga gol uriş borasida Del Pero va Filippo Indzagidan keyingi uçinçi italiyalik futbolçi böldi.

Belgiyaliklar baribir öz imkoniyatiga ega bölişdi. Simone Indzagi yetakçilarini ehtiyotlaş uçun birdaniga uç futbolçini almaştirgaç, «Bryugge» qanotdan muvaffaqiyatli hujum uyuştirdi va bu hujum Fanakenning goli bilan yakun topdi. Oxirgi daqiqalarda mezbonlar darvozasi tomon belgilangan uçinçi burçak töpiga darvozabon Minole ham yetib keldi, «Latsio» sönggi lahzalarda pley-offdan quruq qolişi mumkin edi — öyinga qöşib berilgan ikkinçi daqiqada Reyna darvozasini goldan darvoza tösini qutqarib qoldi.

A guruhi
«Renn» — «Sevilya» — 1:3 (Ryutter, 86, penaltidan — Kunde, 32. En-Nesiri, 45+2, 81).

«Çelsi» — «Krasnodar» — 1:1 Gollar: Kabella, 24 (0:1). Jorjinyu, 28 — penaltidan (1:1).